Bog'lanish

Telefon
(+998 76) 223-44-75

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

#Ochiq_adliya


Bugun viloyat adliya boshqarmasida Termiz davlat universiteti yuridik fakulteti talabalari ishtirokida adliya organlari faoliyati bilan yoshlarning xabardorligini oshirish hamda bu borada ularga ma’lumotlar taqdim etishga qaratilgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.





Talaba yoshlar tarkibiy bo‘linmalarda ish jarayonining borishi, situatsion markaz faoliyati bilan tanishuv asnosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari ijrosini nazorat qilish, huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish, norma ijodkorligi, huquqiy axborotni tarqatish, davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish hamda boshqarmaning boshqa sho‘balari ish faoliyati haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.




Tadbir yoshlarda katta taassurot qoldirdi. Eng muhimi, ular Adliya  vazirligining 100 yillik tarixi va bugungi adliya to‘g‘risida to‘liq tasavvurga ega bo‘ldi.