Янгиликлар
17
#Adliya_va_yoshlar
Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev yoshlar bilan uchrashdi
Davlatimiz tomonidan yoshlarning bo‘sh vaqtiga mazmun olib kirish ustuvor vazifa sifatida belgilab olingan bo‘lib, hozirda yoshlar bilan ishlashning mahalla-tuman-viloyat-respublika tizimi yaratildi.
Shu o‘rinda Adliya vazirligi rahbariyati tomonidan muntazam ravishda yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etib borilmoqda.
Jumladan, joriy yilning 16-yanvar kuni adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev Angor tumanida yoshlar bandligini ta’minlash, sifatli ta’lim bilan qamrab olish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida yo‘lga qo‘yilgan shtab faoliyati a’zolari, sektor rahbarlari va yoshlar bilan uchrashdi.

Yig‘ilishda ko‘makka muhtoj “og‘ir” toifadagi yoshlar bilan ishlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, tadbir davomida ishtirokchilarga diniy ekstremizm, terrorizm, korrupsiyaviy jinoyatlar tushunchasi hamda mazkur jinoyatlarni sodir qilishning huquqiy oqibatlar xususida ham ma’lumotlar berilib, targ‘ibot materiallari va Konstitutsiya kitoblari tarqatildi.