Bog'lanish

Telefon
(+998 76) 223-44-75

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

#Adliya_xabari


Adliya organlari faoliyatida shaffoflikni to‘liq ta’minlash, aholi bilan muloqotni yangi darajaga ko‘tarish, manfaatdor shaxslarga adliya faoliyati bo‘yicha keng hajmli axborot berish maqsadida adliya vazirining 2019-yil 12-fevraldagi 52-um-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Ochiq adliya” (“Open Justice”) dasturini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasining 32-bandi ijrosi yuzasidan Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan inson huquqlarini himoya qilish sohasida o‘tgan 2023-yil davomida o‘tkazilgan o‘rganishlar hamda jismoniy va yuridik shaxslarning ko‘rib chiqilgan murojaatlari tahlil qilindi.

Jumladan, murojaatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha:

O‘tkazilgan tahlillar shuni ko‘rsatadiki, 2023-yil davomida viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga inson huquqlarini himoya qilish sohasiga oid jami 5 763 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, mazkur murojaatlarning 3 796 tasi (66 %) qanoatlantirilgan.

Shundan, bevosita boshqarmaning inson huquqlarini himoya qilish sho‘basi tomonidan hal etilgan 931 ta murojaatlarning 532 tasi   qanoatlantirilgan bo‘lsa, 399 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan.

Hisobot davrida tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan inson huquqlarini himoya qilish sohasiga oid jami 4 413 ta murojaatlar ko‘rib chiqilgan bo‘lib, natijalariga ko‘ra mazkur murojaatlarning 3 264 tasi qanoatlantirilgan bo‘lsa, 1003 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan.


II. O‘tkazilgan o‘rganishlar bo‘yicha:

Hisobot davrida inson huquqlarini himoya qilish sohasiga oid 216 ta tashkilot va idoralarda 620 ta nazorat (o‘rganish, monitoring) tadbirlari o‘tkazilgan. O‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida 8 416 ta qonun buzilish holatlari aniqlangan.

Aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan tegishli tartibda 550 ta taqdimnoma kiritilgan. Taqdimnomalar natijasida 716 ta hujjat ijrosi to‘xtatilgan va bekor qilingan, 12 334 537 000 so‘m pul mablag‘lari fuqarolarga to‘lab berilgan, 151 nafar shaxslar intizomiy javobgarlikka tortilgan, shulardan 10 nafar shaxs bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Shuningdek, qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan 1 955 ta ogohnoma kiritilgan, shu bilan birga, 157 nafar mansabdor shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Ushbu davr oralig‘ida fuqarolarning manfaatlarini ko‘zlab, sudlarga 27 mlrd. 798 mln. so‘mlik 798  ta da’vo arizalari kiritilgan.

 
Xususan, Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida AKT xodimi vazifasini bajaruvchi fuqaro A.Shoyimovning  AKT xodimi vazifasini bajarganlik uchun xodimning lavozim maoshiga 100 foiz miqdorida ustama pullari to‘lanishi belgilangan bo‘lsada, ushbu ustama pullari to‘lab berilmayotganligi, shu maqsadda turli xil idoralarga murojaat etgan bo‘lishiga qaramasdan, mazkur murojaatlari natijasiz qolib kelayotganligidan norozi bo‘lib yo‘llagan murojaati o‘rganib chiqilib, o‘rganish natijalariga ko‘ra fuqarolik ishlari bo‘yicha Termiz tumanlararo sudiga daʼvo arizasi kiritilib, natijalariga ko‘ra fuqaro A.Shoyimovning  huquq va manfaatlari tiklanib, 35 880 000 so‘m pul mablag‘lari to‘lab berilishiga erishildi.

 
Bundan tashqari, boshqarma tomonidan Termiz tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi 16-sonli maktabda ishlovchi fuqaro S.Meliyevga maktab direktorining buyrug‘i asosida qoʻshimcha tarzda yuklatilgan “Jismoniy tarbiya yoʻriqchisi” vazifasiga bazaviy lavozim oylik maoshining 20 foizi miqdorida ustama pul mablagʻi toʻlanishi belgilangan bo‘lsada, ushbu ustama pullari to‘lab berilmayotganligidan norozi bo‘lib yo‘llagan murojaati o‘rganib chiqilib, fuqarolik ishlari bo‘yicha Termiz tumanlararo sudiga kiritilgan da’vo arizaga asosan javobgar Termiz tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi zimmasiga fuqaro Meliyev Suxrob Toshtemirovichga har oyda budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan bazaviy lavozim maoshining 20 foizi miqdorida ustama toʻlab borish majburiyati yuklanishiga erishildi.

 
Xulosa qilib aytganda, inson huquqlari barchamiz uchun eng oliy qadriyat hisoblanadi. Shuning uchun har birimiz fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda bor kuch g‘ayratimizni ishga solishimiz va bu borada olib borilayotgan ezgu ishlarga o‘z hissamizni qo‘shishimiz lozim.

 
Bu kabi, inson huquqlarini himoya qilish sohasida adliya organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida fuqarolarni muntazam habardor qilib borish aholining adliya organlariga nisbatan ishonchini yanada oshirishga hizmat qiladi.

Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi
inson huquqlarini himoya
qilish sho‘basi boshlig‘i
Sh.Tilovov