Bog'lanish

Telefon
(+998 76) 223-44-75

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Haqorat qilish, ya’ni shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitish huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik haqida tushuncha.


Asosiy qomusimiz Konstitutsiya inson huquqlari va erkinliklarining kafolatidir. Davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydi. Har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi. Voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolg‘iz keksalarning huquqlari davlat himoyasidadir. Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar deb ko‘rsatilgan. Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir deb ko‘rsatilgan. Konstitutsiyaga asosan davlat fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish burchini o‘z zimmasiga olgan holda fuqarolarning huquq va erkinliklariga tajovuzlarni oldini olish maqsadida ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga tajovuzlar uchun javobgarlikni belgilab, ularni himoya qilish  choralarini ko‘rgan.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning maxsus qismining 5-bobida o‘z o‘rnini topgan, ularni buzgan har bir shaxs uchun, bo‘lsin bu fuqaro yoki korxona, tashkilot, muassasalarning vakillariga ma’muriy javobgarlik belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 41-moddasida haqorat qilish, ya’ni shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishligi ko‘rsatilgan.

Haqorat qilish – fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatiga tajovuz qiluvchi ma’muriy huqubuzarlik, bunday tajovuz salbiy baho berishdan iborat bo‘lib, shaxsning ma’naviy nufuziga atrofdagilar ko‘z o‘ngida putur yetkazadi, jabrlanuvchining o‘ziga bo‘lgan hurmatiga zarar yetkazadi. Bu huquqbuzarlik ob’ektiv tomonining xususiyati shundan iboratki, u og‘zaki, yozma (xat, rasm va shu kabilar) tarzda yoxud fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatini yerga uradigan harakat (tarsaki, tupurmoq, beadab imo-ishora singari)lar bilan sodir etilishi mumkin. Tuhmatdan farli o‘laroq, haqorat qilishda jabrlanuvchining ma’naviy qiyofasini salbiy tasvirlovchi qandaydir faktlar ko‘rsatilmaydi, balki shaxsga baho beriladi, bu baho kishining hulq-atvoriga, qiyofasi kabilarga tegishli bo‘lishi mumkin. Sub’ektiv tomonidan mazkur huquqbuzarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri qasddan iborat qilib tavsiflanadi, ya’ni shaxs o‘zining xatti-harakatlari g‘ayrihuquqiy ekanligini anglab yetadi va ularni sodir qilishni istaydi. Bundan tashqari, huquqbuzarning aniq ifodalangan maqsadi shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini yerga urishdan iboratdir. Haqorat ko‘pchilik o‘rtasida – aybdorga ham, jabrlanuvchiga ham tanish yoki notanish kishilar ishtiroqida, hatto jabrlanuvchi yo‘q bo‘lgan vaqtda ham qilinishi mumkin. Bu keyingi holatda aybdorning niyati haqoratning jabrlanuvchiga ma’lum bo‘lishidan iboratdir. 16 yoshga yetgan aqli raso shaxslar huqubuzarlik sub’ektlari hisoblanadi. Haqorat qilish huddi shunday xatti-harakat uchun ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin nomaqbul shaklda sodir etilgan taqdirda unga Jinoyat kodeksining 140-moddasining 1-qismi bo‘yicha baho beriladi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha

Bandixon tuman sudi raisi

M.E.Abdimo‘minov