Bog'lanish

Telefon
(+998 76) 223-44-75

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Hashar — bu xalqimizning qadimiy va azaliy qadriyatlaridan biridir.


Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi va uning tizimidagi idoralar xodimlari tomonidan “Navro‘z” umumxalq bayramini munosib nishonlash hamda binolar atrofini ko‘kalamzorlashtirish, sog‘lom turmush tarzi va sanitariya-gigiyenik madaniyatni targ‘ib qilish maqsadida hashar o'tkazildi.

Hashar davomida binolar hovlisidagi уerlarni chopish, daraxtlarga shakl berish, bardyurlarni oqlash, supurish, chiqindilarni belgilangan hududlarga olib chiqish ishlari qizg‘in amalga oshirildi. 

O‘zaro hamjihatlik, inoqlik asosida tashkil etilgan xayrli tadbir natijasida, binolar hovlisi, xizmat xonalari ozoda, shinam va obod holga keltirildi. 

Zero, obod yerda fayz-baraka bo‘ladi, ish ham unumdor bo‘ladi!