Bog'lanish

Telefon
(+998 76) 223-44-75

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

#Islohotlarda_daxldorman


Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi hamda Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchi va talabalari bilan birgalikda Sherobod tumani 4-sektorga qarashli eng olis hudud - "Poshxurt" mahallasida, Angor tumani 1-son kasb-hunar maktabida, Muzrabot tumani 40-sonli maktabda O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini yoshlar orasida keng targ‘ib qilish, fuqarolarimizning bilimlarini oshirishga qaratilgan "Islohotlarga daxldorman” shiori ostida davra suhbati oʻtkazildi.

Shuningdek, tadbirda mamlakatimizda oʻtkazilayotgan islohotlar yuzasidan savol-javob va viktorinalar oʻtkazildi.  Tadbir davomida, yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar, imtiyozlar, ularni bandligini ta'minlash, oliy ta'limga jalb qilish, tashqi migratsiya, oʻz-oʻzini band qilish hamda tadbirkorlikni yoʻlga qo'yish borasida huquqiy bilimlarini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.