Bog'lanish

Telefon
(+998 76) 223-44-75

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

#Rasmiy_munosabat


#Rasmiy_munosabat

“Sho‘rchi tumanida elektr toki uzilishi sabab FHDY bo‘limi uch kundan beri aholiga xizmat ko‘rsatmayapti. Muammo yana bir hafta davom etishi aytilgan” mazmundagi ijtimoiy tarmoqlarga tarqalgan xabar yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

Joriy yilning 29-mart (juma) kuni soat 22:00 dan so‘ng Sho‘rchi tumanida kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik sababli tumandagi elektr simlarida qisqa tutashuvlar ro‘y berib, Sho‘rchi tuman adliya bo‘limidagi transformator nosoz holatga kelib qolgan. 

Ushbu holat tuman elektr tarmoqlari korxonasi mas’ullari tomonidan o‘rganilib, transformatorni tuzatish choralari ko‘rilgan.  FHDY bo‘limi o‘z faoliyatini 1-aprel kunidan  to‘liq amalga oshirib boshlagan.

Jumladan, 1-aprel dushanba kuni Sho‘rchi tuman FHDY bo‘limi tomonidan jami 29 ta fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari qayd etilganligi ma’lum qilinadi.