Янгиликлар
#yashil_makon
Surxondaryo viloyatida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari qizg‘in davom etmoqda. Ushbu jarayonda adliya xodimlari ham faol ishtirok etib, ekologik musaffolik hamda yashil tabiat rivojiga munosib hissa qo‘shish maqsadida viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Termiz tumanining “Qahramon” mahallasi hududida 2 gektar maydonga tashkil etilgan “Adliya bog‘i”da mevali hamda manzarali daraxtlar ekilmoqda.
???? Tizim xodimlari birlashib erta tongdan hashar ishlariga bel bog‘lashdi. Bunday jamoaviy tadbirlar xodimlar o‘rtasida ijobiy muhitning shakllanishida ham muhim ahamiyat kasb etadi.
???? O‘zaro hamjihatlik, inoqlik asosida tashkil etilgan hayrli tadbir natijasida katta maydonga minglab yosh nihollar qadaldi. Ularning unib-o‘sishi va rivoj topishi uchun endilikda ko‘chatlar muntazam parvarishlab boriladi.