Янгиликлар
#huquqiy_targ'ibot
Muzrabot tuman adliya bo‘limi tomonidan tumandagi aholi va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida intellektual mulk sohasida huquqbuzarliklarning oldini olish, kontrafakt mahsulotlarga nisbatan toqatsiz munosabatni kuchaytirish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Kontrafakt mahsulotlar katalogi”dan foydalangan holda joylarda targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-aprel kuni "Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi tegishli qarori yuzasidan tushuntirish olib borilmoqda.