Янгиликлар
OILA VA BOLALAR KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIR O‘TKAZILDI
Har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, avvalo, oila, onalik hamda bolalikni muhofaza qilish davlatimizning ustuvor vazifasi sifatida belgilab olinib, bu ijtimoiy siyosat darajasiga ko‘tarilib kelmoqda.
Inson farzandi uchun yashaydi, dilbandlariga umrini baxshida etadi. Butun dunyo bo‘ylab 1-iyun kuni “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” sifatida nishonlanadi. Shunga ko‘ra, bugun Surxondaryo viloyat Adliya boshqarmasida tizimda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar, ularning farzandlari va boshqa oila a'zolari ishtirokida oila va bolalar kuni bayram tadbiri tashkil etildi. Bolajonlar uchun sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, she’r va qo‘shiqlar ijro etildi.
Shuningdek, bolajonlar uchun Qo‘g‘irchoq teatrida
"G‘aroyib teatr" musiqiy shou dasturi ijro etib berildi.
Tadbir yakunida bolajonlarga esdalik sovg‘alari va shirinliklar ulashildi.