Янгиликлар
Surxondaryo viloyati bo‘ylab adliya organlari tomonidan uyma-uy huquqiy muammolar o‘rganilishi davom etmoqda
Bu galgi o‘rganish ishlari Qumqo‘rg‘on tumanida bo‘ldi. Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmoni ijrosi yuzasidan tumandagi “Hurriyat”, "IStiqlol", "Bo‘ston" MFYlarda uyma-uy yurish orqali 500 ga yaqin xonadonlarga kirib borildi.
Mahallalarda aholi muammolarini o‘rganish jarayonida aholining fuqarolik holati hujjatlari masalasi, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarga imtiyozlar, bolalar nafaqasi, o‘z-o‘zini band qilish, ish bilan ta'minlash, soliq imtiyozlaridan foydalanish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash kabi muammolar aniqlandi.
O‘rganish davomida 271 ta murojaatlarga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, 20 dan ortiq ayrim masalalar ko‘rib chiqish uchun ish yurituviga olindi.