Янгиликлар
Surxondaryo viloyati bo‘ylab adliya organlari tomonidan uyma-uy huquqiy muammolar o‘rganilishi davom etmoqda
Bu galgi o‘rganish ishlari Qumqo‘rg‘on tumanida bo‘ldi. Tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmoni ijrosi yuzasidan tumandagi "Munchoqtepa", "Jiydali", "Joziba", "Yangi hayot" mahallalarida uyma-uy yurish orqali fuqarolarning muammolari o‘rganildi.
Mazkur tadbir davomida aholining fuqarolik holati hujjatlari masalasi, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarga imtiyozlar, bolalar nafaqasi, o‘z-o‘zini band qilish, ish bilan ta'minlash, soliq imtiyozlaridan foydalanish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash kabi muammolar aniqlandi.
O‘rganish davomida 100 dan ortiq murojaatlarga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, 30 dan ortiq ayrim masalalar ko‘rib chiqish uchun ish yurituviga olindi.