Янгиликлар
"Adliya kuni" tadbiri jadal sur'atda òtkazilmoqda | ENG OLIS HUDUD, ENG OLIS MAHALLA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida” 2024-yil 24-maydagi PF–80-son farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Sariosiyo tuman adliya bo‘limi, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, DXM va FHDY xodimlari tomonidan tumandagi "Kash" mahalla fuqarolar yiĝinida istiqomat qiluvchi fuqarolarga sayyor qabul va sayyor davlat xizmatlari kòrsatildi.
Mahalla ettiligiga qonunchilik hujjatlari mohiyati tushuntirildi va yagona huquqni qòllash amaliyotini shakllantirish maqsadida metodik yordam kòrsatildi.
Aholining kundalik hayotida uchrayotgan muammolar aniqlandi.
Fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam kòrsatildi.
Shuningdek mahallada uyma-uy yurish orqali fuqarolarning huquqiy muammolari o‘rganildi.