Янгиликлар
HASHAR HAQIQIY MEHNAT BAYRAMI
Asrlar osha shakllanib, avloddan-avlodga meros bo‘lib kelgan milliy qadriyatlarimizdan biri bu – ommaviy bayramlar oldidan umumxalq hasharlarini o‘tkazish, obodonlashtirish tadbirlarini amalga oshirishdir.
Mana shunday mustaqillik bayram kunlarida mamlakatimiz bo‘ylab umumxalq hashari o‘tkazilmoqda.
O‘zida poklik, insoniylik kabi ezgu jihatlarni mujassam etgan hashar tadbirlari Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi adliya organlarida ham uyushqoqlik bilan tashkil etildi.
Erta tongdan barcha boshqarma xodimlari o‘zlariga biriktirilgan hududlarda obodonlashtirish, tozalash ishlarini boshlab yubordilar.
O‘zaro hamjihatlik, inoqlik asosida tashkil etilgan xayrli tadbir natijasida, binolar hududi, xizmat xonalari ozoda va fayzli bo'ladi.