Янгиликлар
Surxondaryoda "Adliya sayli"
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik bayramining 33 yilligi munosabati bilan Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan Termiz shahrida "Adliya sayli" o‘tkazildi.
Tadbir davomida fuqarolarni yillar davomida qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan turli soha vakillari tomonidan huquqiy maslahatlar berildi.
"Sayyor qabul" ko‘rinishida fuqarolarning muammolariga yechim izlandi.
Shuningdek, FHDY, notariat va boshqa turdagi 60 dan ortiq davlat xizmatlari ko'rsatildi: notariat, advokatura hamda adliya bo'limlari tomonidan 100 ga yaqin fuqarolarga bepul huquqiy va boshqa turdagi maslahatlar berildi.
Volontyorlar a'zolari tomonidan 100 dan ortiq buklet va flayerlar tarqatish barobarida “Street law” va “Online xizmatlar” afzalliklari targ`ib qilindi.
Aholi o‘rtasida "Huquqiy viktorina" o‘tkazildi. Qizg‘in va murosasiz davom etgan bahsda g‘oliblar munosib taqdirlandi.
Tadbir qatnashchilariga yangi tashkil etilayotgan tadbirkorlik sub'ektlari uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishning afzalliklari haqida batafsil tushunchalar berildi.