Янгиликлар
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasida bo‘lajak yuristlar uchun “Ochiq eshiklar” kuni tadbiri tashkil etildi
Unda yoshlarning siyosiy-huquqiy savodxonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek adliya tizimi tarixi, intellektual mulk huquqlarini himoya qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari ijrosini nazorat qilish, huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish, davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish hamda boshqarmaning boshqa sho‘balari ish faoliyati haqida batafsil ma'lumotlar berildi.
Shuningdek, Ularni qiziqtirgan bir qancha savollarga boshqarma xodimlari tomonidan javob berish barobarida hayotda va kasbiy faoliyatda kerak bo‘ladigan muhim tavsiyalar berildi.