Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Farzandi ta’minoti uchun aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan ota Qonun oldida javob beradi.


Bugun jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudining binosida ochiq sud majlisida voyaga yetmagan farzandlari uchun alimentni to‘lashdan bo‘yin tovlagan N.B.T (ism,sharifi o‘zgartirilgan)ga nisbatan javobgarlik masalasi ko‘rib chiqildi.

Ish hujjatlari tahlil qilinganda, qarzdor N.B.T. Davlat ijrochisi tomonidan aliment qarzdorligini to‘lash haqida tushuntirish berilgani va bir necha bor yozma ogohlantirishlariga qaramasdan, aliment pullarini to‘lashni paysalga solib, 9.809.582 so‘m aliment qarzlarini to‘lamasdan bosh tortib aliment to‘lovidan qochib yurganligi aniqlandi.

Ulardan biri, Termiz shahar Termiz shahar, “Navro‘z” mahallasi, Paxtakor ko‘chasi, 15-uyda yashovchi qarzdor N.B.T. (ism, sharifi o‘zgartirilgan) bo‘lib, fuqarolik ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudining 2016 yil 10 iyundagi buyrug‘iga ko‘ra, undiruvchi Yu.R.S foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandlarining ta’minoti uchun 1/3 qism miqdorida aliment undirish belgilangan bo‘lib, qarzdor N.B.T. 2024 yil 1 noyabrdan 2025 yil 1 martgacha bo‘lgan davr maboynida moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan ikki nafar voyaga yetmagan farzandlarining ta’minoti uchun 9.809.582 so‘mlik aliment to‘lovini to‘lashdan bo‘yin tovlagan.

Sud majlisida farzandlari oldidagi mas’uliyatini esidan chiqarib, otalik burchini unutgan huquqbuzar N.B.T sud qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 474-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, unga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlanib, jazo muqarrarligi ta’minlandi.

Konstitutsiyamizning 77-moddasida, ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘z farzandlarini voyaga yetguniga qadar boqishi, ularning tarbiyasi, ta’lim olishi, sog‘lom, to‘laqonli va har tomonlama kamol topishi xususida g‘amxo‘rlik qilishga majbur ekanligi qayd qilingan.

— Oila kodeksining 96-moddasi talabiga ko‘ra, ota-ona voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berishi shart.

Shunday ekan, har bir ota-ona bolalar davlatimizning ertangi kelajagi ekanligini chuqur his etgan holda oilada sog‘lom muhit yaratishga mas’ul ekanliginini unutmasligi kerak.

Albatta, panjara ortiga yo‘l olgan, o‘z dilbandi moddiy ta’minotiga befarq otalar uchun 15 sutkalik muddat chuqur o‘ylashga va qarzdorlikni bartaraf etish haqida bosh qotirishga yetarlidir.

 

Ikrom Shaymanov,

Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudining tergov sudyasi