Янгиликлар
Sherobod tumanida ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi
Sherobod tumani "Kattabog" mahallasi hududida joylashgan Yoshlar markazi binosida Adliya vazirligi boshqarma boshlig'i o'rinbosari Sh. Rajabov hamda Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig'i S. Abdurasulov tomonidan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari ishtirokida sayyor qabul o'tkazildi.
Sayyor qabul davomida jami 50 ga yaqin fuqarolarning murojaatlari tinglanib, 20 nafar fuqarolarning murojaatlariga huquqiy tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, 30 ta murojaat o‘rganish muddat talab etilganligi sababli ish yurituviga qabul qilindi.
Shuningdek, 15 dan ortiq fuqarolarga sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatilib ularning murojaatlari joyida ijobiy hal etildi.