Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

“Yuridik yordam” axborot tizimi, undan foydalanishda o‘zaro hamkorlik va davlat hisobidan himoyani tezkor va sifatli ta’minlash bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi.


Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasida  Adliya vazirligi Notariat, advokatura va mediatsiya boshqarmasi boshlig‘i M.Hatamov, Advokatura va mediatsiya bo‘limi katta maslahatchisi M.Nafasovlar tomonidan, ichki ishlar xodimlari, sudyalar hamda advokatlar ishtirokida “Yuridik yordam” axborot tizimi, undan foydalanishda o‘zaro hamkorlik va davlat hisobidan himoyani tezkor va sifatli ta’minlash bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi. 

✅ Seminarda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 21-noyabrdagi 774-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatlarni jalb etish va ularga haq to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizom mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi va nizomni amaliyotga tatbiq etish borasida uchrayotgan muammolar muhokama etildi.

✔️ Shuningdek, ishtirokchilar amaliyotdagi muammolar bo‘yicha masʼullardan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.