Янгиликлар
23
Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Munchoqtepa" mahallasida "Adliya kuni" tadbiri doirasida sayyor qabul o‘tkazildi.
✅ Mazkur mahallada tashkil etilgan sayyor qabulda viloyat adliya boshqarmasi mas'ul xodimi B.Avazov tomonidan 30 dan ortiq fuqaroning huquqiy muammolari eshitilib, 10 tasi joyida hal etildi. Murojaatlarning 3 tasi ijroga qaratildi, 10 dan ortiq fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi.
✅ Shuningdek, fuqarolarga Prezidentning 2025-yil 1-apreldagi PQ-133-sonli Qarori mazmun-mohiyati bo‘yicha energiya tejamkor vositalardan foydalanish yuzasidan huquqiy targ'ibot ishlari amalga oshirildi.
Bundan tashqari tadbir doirasida fuqarolarning davlat xizmatlari ko‘rsatilishi bilan bog‘liq 10 dan ortiq murojaatlari joyida sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatilishi bilan hal etildi.
Foydali ma'lumotlarni yaqinlaringiz bilan ulashing va bizni kuzatishda davom eting!