Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

⚡️ Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasida adliya faxriylari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


✳️ Azaldan yoshi ulug‘larni e’zozlash, ularga ehtirom ko‘rsatish, qolaversa, ularning pand-nasihatlarini olish xalqimiz qon-qoniga singgan ezgu qadriyatdir. Zero, hayot va mehnatda katta tajriba sohiblarining yo‘l-yo‘riqlari yosh avlod uchun yo‘lchi yulduz vazifasini o‘taydi.

Bugun, 7-may kuni Surxondaryo viloyat aliya boshqarmasida 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan adliya organlarida uzoq yillar halol xizmat qilgan adliya faxriylari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

✳️ Ta’kidlangandek, adliya faxriylari turli yillarda tizimda olib borgan samarali mehnat faoliyati yurtimiz ravnaqi, mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlashga xizmat qilmoqda. Bugungi kunda faxriy ustozlar tarbiyalagan shogirdlar ular qoldirgan ulkan maktabni davom ettirmoqda.