Янгиликлар
"Huquqiy targ'ibot kuni", "Adliya kuni" va "Sayyor qabul" tadbirlari tashkil etildi.
✅ Termiz shahar adliya bo‘limi, YXKM, DXM xodimlari hamda Termiz tumanlararo sudi raisi J.Achilovlar tomonidan shaharning "Kokildor ota" MFYda aholi uchun eng dolzarb masalalarni aniqlash orqali ular yuzasidan huquqiy tushuntirish va maslahatlar berish maqsadida "Huquqiy targ'ibot kuni", "Adliya kuni" va "Sayyor qabul" tadbirlari tashkil etildi.
✅“Mahalla yettiligi”ga hamda fuqarolarga qonunchilik hujjatlarining mohiyati ahamiyatini oddiy va xalqchil tilda yetkazildi.
Adliya organlari vakolatlari doirasida hal etiladigan 10 dan ortiq masalalar bo‘yicha huquqiy muammolar alohida ish yurituvga olindi.
❇️ Aholiga “my.gov.uz”, “yurxizmat.uz”, “advice.uz” portallaridan foydalanish tartibi tushuntirilib, qonunchilikdagi yangiliklar imtiyozlar haqida targ‘ibot ishlari olib borildi.
✅Tadbir ishtirokchilari bergan huquqiy masalalarga oid savollarga javob berildi.