Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Viloyatning olis bo‘lgan hududi - Uzun tumanida sayyor qabul tashkil etildi


Uzun tuman 4-sonli umumta'lim maktabida Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari S.Tursunovning navbatdagi sayyor qabuli o'tkazildi.

Qabul davomida 50 nafardan ortiq fuqarolarning murojaati tinglandi. Shundan 30 nafar fuqarolarning murojaatlariga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi. 

Muddat talab etadigan 12 nafar fuqarolarning murojaati adliya organlari ish yurituviga qabul qilinib alohida nazoratga olindi.

Shuningdek, 10 dan ortiq fuqarolarning davlat xizmatlari ko‘rsatilishi bilan bog‘liq murojaatlari joyida qanoatlantirilib ularga sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatildi.