Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasida “Advokatlar orasida korrupsiyaviy holatlarni oldini olish” mavzusida seminar o‘tkazildi.


Mazkur seminarda Adliya vazirligining Notariat, advokatura va mediatsiya boshqarmasi boshlig‘i Ma’sum Hatamov ishtirok etib, yig‘ilish ishtirokchilariga korrupsiyaga oid jinoyatlarni oldini olish, advokatura institutini “Korrupsiyasiz soha”ga aylantirish vazirlik tizimining asosiy vazifalaridan biri etib belgilanganligini, bu borada vazirlik tomonidan bir qator tashkiliy-amaliy choralar ko‘rib kelinayotganligini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, “Yuridik yordam axborot” tizimi orqali davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish sohasida amaliyotda vujudga kelayotgan muammolar, ularning bartaraf etilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda bu borada huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda ishlarni yanada tizimli tashkil etish lozimligi yuzasidan tushuntirishlar berdi.