Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

SUD QARORI IJROSI BILAN TA’SIRLI


Mamlakatimizda sud qarorlari ijrosini qonuniy muddatlarda ta’minlash orqali fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini muhofaza qilishga dolzarb vazifa sifatida alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.

         2024 yil 3 iyun kuni Majburiy ijro byurosining Termiz shahar bo‘limi binosida jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudi xamkorligida majburiy ijro byurosi Termiz shahar bo‘limining barcha davlat ijrochilari ishtirokida sud qarorlarining ijrosini ta’minlash masalasida davra suhbati shaklida yig‘ilish o‘tkazildi.

 


 

Tadbirni Majburiy ijro byurosi Termiz shahar bo‘limi boshlig‘i v.v.b S. Axmedov kirish so‘zi bilan ochib, kun tartibidagi masalalar yuzasidan Termiz jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudining tergov sudyalari I.Shaymanov va G‘.Ostonovga so‘z berdi.

Termiz jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudining tergov sudyalari I.Shaymanov o‘z nutqida sud qarorlarining ijrosini o‘z vaqtida ta’minlashning ahamiyati haqida gapirib, bu borada odil sudlov vazifalarining muvaffaqiyatli amalga oshirilishi nafaqat mazkur organlar tomonidan huquq normalariga to‘liq rioya etilishiga, balki ular tomonidan chiqarilgan hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qarorlarning ijro etilishiga uzviy bog‘liqligini, sud hujjatini bajarishdan bo‘yin tovlash, uning ijro etilishiga to‘sqinlik qilish odil sudlov obro‘siga putur, davlat va jamoat manfaatlariga zarar yetkazishini ta’kidlab, sud tomonidan yuborilgan, ayni damda dolzabr masala bo‘lib turgan, tez ijro qilinishi lozim bo‘lgan, ya’ni ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha (BHMning 5 baravarigacha miqdorda) tayinlangan jarimalarni undirish bilan bog‘liq ijro hujjatlarini inventarizatsiyadan o‘tkazib, qisqa muddatlarda ijrosini ta’minlash choralarini yanada jaddallashtirish va ularning ijrosini qonuniy muddatlarda to‘liq ta’minlanish o‘ta muhim o‘rin tutishi haqida ta’kidlab o‘tdi.

 


 

Shu bois yig‘ilishda har bir davlat ijrochisidan sud qarorlarining ijrosini ta’minlashga alohida mas’uliyat bilan yondoshishi zarurligi, har bir sud hujjati ijrosini ta’minlashga erishish uchun barcha chora-tadbirlarni ko‘rish zarurligi qayd etildi.

 

Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Ikrom Shaymanov,

                                                                                       G‘aybullo Ostonov

Jinoyat ishlari bo‘yicha 

Termiz shahar sudining tergov sudyalari