Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Ma’muriy huquqbuzarlikka doir ishlar sayyor sud majlisida muhokama qilindi.


Mamlakatimizda 2025 yil 1 yanvardan boshlab, jinoyat ishini yuritishga mas’ul shaxslar ro‘yxatiga “tergov sudyasi” lavozimi qo‘shildi.

          O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 10 iyunda qabul qilingan «Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni bu yangi lavozimning joriy etilishiga huquqiy asos bo‘lib xizmat qildi.

Shu bilan birga, sud-tergov amaliyoti inson huquq va va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini ta’minlash bo‘yicha samarali mexanizmlar to‘liq ishga solinganligini, shuningdek jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxsning erkinlik va shaxsiy daxlsizlikka oid konstitutsiyaviy huquqlarini sud orqali ishonchli ta’minlash choralarini kuchaytirish zarurati mavjudligini ko‘rsatmoqda.

          Muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklari himoyasining kafolatlarini kuchaytirish, shuningdek aholining huquqni muhofaza qilish tizimiga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

2025 yil 3 iyun kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudining  tashabbusi bilan Surxondaryo viloyat ichki ishlar boshqarmasi Jamoat  Xavfsizligi Xizmati Probatsiya bo‘limi binosida sayyor sud majlisi o‘tkazildi.


  Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudining tergov sudyalari I.Shaymanov hamda G‘.Ostonov raisligida o‘tkazilgan sayyor sud majlisida  Termiz shahar ichki ishlar bo‘limi hamda Termiz shahar IIB Jamoat  Xavfsizligi Xizmati Yul harakat xavfsizligi ma’muriy amaliyot bo‘limi tomonidan taqdim qilingan jami 42ta ma’muriy huquqbuzarlikka doir ishlar ko‘rib chiqildi.

Profilaktika inspektorlari tomonidan 27 ta ma’muriy ish taqdim qilingan bo‘lib, shundan 12 ta ish yuzasidan jazo muqararligi taminlanib, huquqbuzarlarning qilimishiga yarasha jazo tayinlandi, 15ta ma’muriy huquqbuzarlik ishi bo‘yicha taraflarning yarashuvi munosabati bilan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar MJtKning 271-moddasi 101-bandiga asosan ish yurituvdan tugatilib, ma’muriy javobgarlikdan ozod qilindi.

Shuningdek, Yul harakat xavfsizligi bo‘limi (YHXB) inspektorlari tomonidan 14 ta ma’muriy ish taqdim qilingan ma’muriy ishlar bo‘yicha 12 ta ish yuzasidan huquqbuzarlarining sodir etgan g‘ayrihuquqiy harakatiga yarasha jazo tayinlandi, 2 ta ma’muriy ish esa qo‘shimcha surishtiruv harakatlari o‘tkazish maqsadida ma’muriy organga qaytarildi.

 Sayyor sud majlisi yakunida sudyalar tomonidan yig‘ilish ishtirokchilariga  qabul qilingan sud qarorlarining mazmun-mohiyati hamda amaldagi qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.



Shuningdek, o‘tkazilgan sayyor sud majlisi yakunida tergov sudyasi I.Shaymanov tomonidan “Aholiga sud muhokamalarida masofadan  ishtirok etish uchun yanada  qo‘lay sharoitlar yaratilishii munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim  qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1047 sonli Qonuni mazmun mohiyati yuzasidan keng qamrovli tushuntirishlar berildi.

                                                                         

Ikrom Shaymanov

     Jinoyat ishlari bo‘yicha 

Termiz shahar sudining tergov sudyasi