Янгиликлар
Sud qaroriga ko‘ra, qarzdor otaga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlanib, jazo muqarrarligi ta’minlandi.
Jinoyat ishlarri bo‘yicha Termiz shahar sudining ochiq sud majlisida voyaga yetmagan farzandlari uchun amlimentni to‘lashdan bo‘yin tovlagan Axmedov Ruslan Sodikovich (ism sharifi o‘zgartirilgan)ga nisbatan javobgarlik masalasi ko‘rib chiqildi.
Jumladan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Termiz tumanlararo sudining 2025 yil 18 yanvardagi hal qiluv qaroriga aossan, qarzdor Axmedov Ruslan Sodikovichdan undiruvchi Safarova Nargiza Jo‘raevna (ism sharifi o‘zgartirilgan) foydasiga ikki nafar farzandining moddiy ta’minoti barcha ish haqi va boshqa barcha ishlab topgan daromadlarining 1\3 qismi miqdorida aliment to‘lash lozim bo‘ladi, 2025 yil 1 yanvardan 2025 yil 1 iyunga qadar bo‘lgan davr uchun jami bo‘lib 8.162.810 so‘m aliment qarzlarini to‘lamasdan, moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan farzandlariga ikki oydan ortiq muddat mobaynida moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlab kelgan.
Shu sababli Majburiy ijro byuroning Termiz shahar bo‘limi xodimlari tomonidan to‘plangan ma’muriy ish materiallari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 474-moddasiga ko‘ra, jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudida ko‘rib chiqildi.
Davlat ijrochisi tomonidan Axmedov Ruslan Sodikovichga aliment qarzdorligini to‘lash haqida huquqiy tushuntirishlar va bir necha bor yozma ravishda ogohlantirishlariga qaramasdan, aliment pullarini to‘lashni paysalga solib, aliment qarzlarini to‘lamasdan bosh tortib yurgani uni sud zaligacha olib keldi.
Sud majlisida farzandlari oldidagi mas’uliyatini esidan chiqarib, otalik burchini unutgan huquqbuzar Axmedov Ruslan Sodikovich sud qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 474-moddasida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, unga 15 (o‘n besh) sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Konstitutsiyamizning 77-moddasida, ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘z farzandlarini voyaga yetguniga qadar boqishi, ularninng tarbiyasi, ta’lim olishi, sog‘lom, to‘laqonli va har tomonlama kamol topishi hususida g‘amxo‘rlik qilishga majbur ekanligi qayd qilingan.
Shuningdek, Oila Kodeksining 96-moddasiga ko‘ra, Ota-ona voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berishi shartligi belgilangan.
Shunday ekan har bir ota-ona bolalar davlatimizning ertangi kelajagi ekanligini chuqur his etgan holda oilada sog‘lom muhit yaratishga mas’ul ekanligini unutmasligi kerak.
I.Shaymanov
Jinoyat ishlari bo‘yicha
Termiz shahar sudining tergov sudyasi