Янгиликлар
23
"Huquqiy targ'ibot kuni", "Adliya kuni" tadbirlari doirasida sayyor qabul tashkil etildi.
Termiz shahar adliya bo‘limi tomonidan shahardagi "Gulira'no" mahallasida aholi uchun eng dolzarb masalalarni aniqlash orqali ular yuzasidan huquqiy tushuntirish va maslahatlar berish maqsadida "Huquqiy targ'ibot kuni", "Adliya kuni" tadbirlari doirasida sayyor qabul tashkil etildi.
✅“Mahalla yettiligi”ga hamda fuqarolarga qonunchilik hujjatlarining mohiyati ahamiyatini oddiy va xalqchil tilda yetkazildi.
???? Adliya organlari vakolatlari doirasida hal etiladigan 10 dan ortiq masalalar bo‘yicha huquqiy muammolar alohida ish yurituvga olindi.
❇️ Aholiga “my.gov.uz”, “yurxizmat.uz”, “advice.uz” portallaridan foydalanish tartibi tushuntirilib, qonunchilikdagi yangiliklar imtiyozlar haqida targ‘ibot ishlari olib borildi.
✅Tadbir ishtirokchilariga sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
✅ Tadbir davomida bo’sh ish o’rinlari va yarmarka ham o’tkazildi hamda notarius xodimlari ham jal etildi.