Янгиликлар
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Roziqov tomonidan navbatdagi sayyor qabul Sariosiyo tumanida tashkil etildi.
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Roziqov tomonidan navbatdagi sayyor qabul Sariosiyo tumani "Afrosiyob" kichik sanoat zonasida tadbirkorlik subyektlari uchun tashkil etildi.
Qabul davomida, o‘z mulkiga muhofaza hujjatini olishda qiynalayotgan tadbirkorlik suyekti vakillari ishtirok etib o‘zlarining muammo va takliflari bilan mas'ullarga yuzlandilar.
Qabulda tadbirkorlik subyektlari tomonidan yo‘llangan 20 dan ortiq murojaatlarning 6 tasiga joyida huquqiy tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, 2 nafar tadbirkorning murojaati o‘rganish muddat talab etganligi sababli intellektual mulk obyektlarini ro‘yxatdan oʻtkazish uchun talabnoma topshirishga ko‘maklashish maqsadida ish yurituvga qabul qilindi.
Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1080-son O‘zbekiston Respublikasining Qonuni bo'yicha kiritilayotgan o'zgartirishlar haqida tushunchalar berib o'tildi.