Янгиликлар
«E-qaror» tizimi yuzasidan navbatdagi seminar.
????2025 yil 2-3 oktyabr kunlari Surxondaryo viloyati, tuman(shahar) hokimliklari hamda adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlarining «E-qaror» elektron tizimiga mas’ul xodimlari ishtirokida “Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qarorlar qabul qilish holatlari” mavzusida «ZOOM» platformasida seminar tashkil etildi.
????Seminar davomida qarorlar qabul qilishda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, tizim orqali mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan qabul qilinayotgan qaror va farmoyishlar monitoringini kuchaytirish, hamda normativ tusdagi va yerga oid qarorlarni ishlab chiqish, huquqiy ekspertizadan o‘tkazish, qabul qilishda qonuniylikka, muddatlarga rioya qilish masalalari muhokama qilindi.
???? Shuningdek, qarorlar monitoringini kuchaytirish va qonunbuzarliklarning oldini olish yuzasidan mas’ullarga zarur ko‘rsatmalar berildi.