Янгиликлар
07
Adliya organlari tomonidan “San'at va ijod himoyasi oyligi” davomida uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
Xususan, Bandixon tuman adliya bo'limi tomonidan san'at va ijod ahli, OAV va blogerlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasida intellektual mulk himoyasi va mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar va boshlanayotgan oylik bo‘yicha uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida mualliflik huquqiga nisbatan hurmat hissini yuksaltirish, ijod ahli faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bildirilib, tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.