Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Sud qaroriga ko‘ra, qarzdor otaga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlanib, jazo muqarrarligi ta’minlandi.


Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudining ochiq sud majlisida voyaga yetmagan farzandlari uchun alimentni to‘lashdan bo‘yin tovlagan Sobirov Axmed Sodikovich (ism sharifi o‘zgartirilgan)ga nisbatan javobgarlik masalasi ko‘rib chiqildi.

Jumladan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Termiz tumanlararo sudining 2025 yil 29 yanvardagi hal qiluv qaroriga aossan, qarzdor Sobirov Axmed Sodikovichdan undiruvchi Doniyorova Malika Toshpo‘latovna (ism sharifi o‘zgartirilgan) foydasiga ikki nafar farzandining moddiy ta’minoti barcha ish haqi va boshqa barcha ishlab topgan daromadlarining 1\3 qismi miqdorida aliment to‘lash lozim bo‘lsada, 2025 yil 1 iyundan 2025 yil 1 dekabr kuniga qadar bo‘lgan davr uchun jami bo‘lib 13.931.278 so‘m aliment qarzlarini to‘lamasdan, moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan farzandlariga ikki oydan ortiq muddat mobaynida moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlab kelgan.

Shu sababli Majburiy ijro byuroning Termiz shahar bo‘limi xodimlari tomonidan to‘plangan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish  Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 474-moddasiga ko‘ra, jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudida ko‘rib chiqildi.

Davlat ijrochisi tomonidan Sobirov Axmed Sodikovichga aliment qarzdorligini to‘lash haqida huquqiy tushuntirishlar va bir necha bor yozma ravishda berilgan ogohlantirishlariga qaramasdan, aliment pullarini to‘lashni paysalga solib, aliment qarzlarini to‘lamasdan bo‘yin tovlagani uni sud zaligacha olib keldi.

Sud majlisida farzandlari oldidagi mas’uliyatini esidan chiqarib, otalik burchini unutgan huquqbuzar Sobirov Axmed Sodikovich sud qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 474-moddasida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, unga 15 (o‘n besh) sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Konstitutsiyamizning 77-moddasida, ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘z farzandlarini voyaga yetguniga qadar boqishi, ularninng tarbiyasi, ta’lim olishi, sog‘lom, to‘laqonli va har tomonlama kamol topishi hususida g‘amxo‘rlik qilishga majbur ekanligi qayd qilingan.

Shuningdek, Oila Kodeksining 96-moddasiga ko‘ra, Ota-ona voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berishi shartligi belgilangan.

Shunday ekan har bir ota-ona bolalar davlatimizning ertangi kelajagi ekanligini chuqur his etgan holda oilada sog‘lom  muhit yaratishga mas’ul ekanligini unutmasligi kerak.

I.Shaymanov

Jinoyat ishlari bo‘yicha 

Termiz shahar sudining tergov sudyasi