Denov tuman adliya bo‘limi tomonidan sog‘lom turmush tarzi mavzusida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuvda yoshlar bilan sog‘lom turmush tarzining ahamiyati, to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollikni oshirish, zararli odatlardan voz kechish hamda sport bilan muntazam shug‘ullanishning foydalari haqida suhbat olib borildi.
Tadbir davomida yoshlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berilib, ular bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Yakunda yoshlar sog‘lom va faol hayot tarzini olib borish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ijobiy odatlarni kundalik hayotga tatbiq etishga chaqirildi.
Denov tuman adliya bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2025-yil 25-maydagi “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida tumanidagi 77-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabi o`quvchilari uchun sayyor qabul va “Adliya kuni” tadbirlari o‘tkazildi.
Tadbir davomida bolalar hamda ularning ota-onalariga bolalar huquqlari, ular uchun davlat tomonidan yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar, shuningdek, qonunchilikda belgilangan huquq va kafolatlar haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.
Tadbir davomida kitob mutolaasining inson ma’naviyati, dunyoqarashi va tafakkurini yuksaltirishdagi o‘rni haqida atroflicha fikr almashildi. Ishtirokchilarga kitobxonlik madaniyatini oshirish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini keng targ‘ib etish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Shuningdek, adliya bo‘limi xodimlari O‘lkashunoslik muzeyi faoliyati, tarixiy merosimiz va kitob ko‘rgazmalari bilan tanishib, muzeyning Esdalik kitobida o‘z minnatdorchiliklarini qoldirdilar.Mazkur tadbir kitobxonlikni targ‘ib qilish, yoshlarning ma’naviy kamolotiga hissa qo‘shish hamda kitobga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.
Jarqoʻrgʻon tumani Ismoiltepa mahallasida yashovchi fuqaro X.Gayirovaning 2010-yil 25-iyunda tugʻilgan farzandi A.Ruzikulovga tugʻilganlik haqida guvohnoma olish bilan bogʻliq murojaati adliya bo‘limi tomonidan oʻrganildi.
Ko‘rilgan huquqiy choralar natijasida voyaga yetmagan shaxsning tug‘ilganligi belgilangan tartibda qayd etilib, unga tug‘ilganlik haqida guvohnoma rasmiylashtirib berildi.
Fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.
Tadbir davomida maktab o‘quvchilariga qonunchilikda belgilangan imtiyozlar, Prezidentimizning 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarorining mazmun-mohiyati, shuningdek firibgarlik va kiberxavfsizlik yo‘nalishidagi muhim huquqiy axborotlar berildi.
Mazkur muloqot yoshlarning huquqiy ongini va intellektual salohiyatini oshirishga, shuningdek rahbarlar va yoshlar o‘rtasida ochiq muloqot maydonini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.
Adliya vazirligining Surxondaryo viloyati bo‘yicha 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan Sohaviy faoliyat rejasi hamda “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida Bandixon tuman adliya bo‘limida 2026-yil 18-iyun kuni yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” va “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tadbirlari tashkil etildi
Tadbir davomida ishtirokchilar adliya bo‘limining faoliyati, tarkibiy tuzilmalari hamda adliya organlarining asosiy vazifalari bilan tanishtirildi
Ularga huquqiy xizmatlar va fuqarolar huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlar haqida ma’lumotlar berildi
Tadbirda tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan yoshlarga muvafaqqiyatli tadbirkor bilan uchrashuvi tashkil etilib, bir necha nafar yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini boshlash bo‘yicha rejalari tinglanib, ularga qonunchilikda berilgan imtiyozlar haqida huquqiy tushuntirishlar berildi
Bugun Denov tumanidagi 2-son kasb-hunar texnikumida yoshlar bilan uchrashuv hamda mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Tadbir davomida yoshlar o‘z qiziqishlari va mutaxassisliklariga mos bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlari bilan yaqindan tanishib, ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Shuningdek, ishtirokchilarga so‘nggi vaqtlarda qabul qilingan qonunlar hamda qonunosti hujjatlarining mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berilib, yoshlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar taqdim etildi.
Tadbirda Denov tuman Bandlikka ko‘maklashish bo‘limi, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi hamda boshqa hamkor tashkilotlar mas’ullari ishtirok etib, yoshlarning bandligini ta’minlash va huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasidagi fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Sherobod tuman adliya boʻlimi hamda Sherobod tuman kambağallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi xodimlari hamkorligida Sherobod tuman 1-sonli texnikumida bitiruvchilar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Tadbirda tumandagi qator korxona va tashkilotlar oʻzlarining boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etishdi.
Yarmarka davomida bitiruvchi yoshlarga:
Mavjud boʻsh ish oʻrinlari va mehnat sharoitlari tanishtirildi;
Mutaxassislar tomonidan mehnat qonunchiligi boʻyicha huquqiy tushuntirishlar berildi;
Oʻz biznesini boshlamoqchi boʻlgan yoshlarga imtiyozli kreditlar va subsidiyalar haqida maʼlumot berildi.
Yarmarka yakunida koʻplab yoshlar oʻzlari munosib koʻrgan yoʻnalishlar boʻyicha ish beruvchilar bilan dastlabki kelishuvlarga erishdilar. Yoshlarimizning kelgusi ishlariga muvaffaqiyat tilaymiz!
Termiz tuman adliya boʻlimi hamda Termiz tuman kambağallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi xodimlari hamkorligida Termiz tuman kasb-hunar texnikumida bitiruvchilar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Tadbirda tumandagi qator korxona va tashkilotlar oʻzlarining boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etishdi.
Yarmarka davomida bitiruvchi yoshlarga:
Mavjud boʻsh ish oʻrinlari va mehnat sharoitlari tanishtirildi;
Mutaxassislar tomonidan mehnat qonunchiligi boʻyicha huquqiy tushuntirishlar berildi;
Oʻz biznesini boshlamoqchi boʻlgan yoshlarga imtiyozli kreditlar va subsidiyalar haqida maʼlumot berildi.
Yarmarka yakunida koʻplab yoshlar oʻzlari munosib koʻrgan yoʻnalishlar boʻyicha ish beruvchilar bilan dastlabki kelishuvlarga erishdilar. Yoshlarimizning kelgusi ishlariga muvaffaqiyat tilaymiz!
1 iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Jarqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi tomonidan tashkil etilgan bayram tadbirida ishtirok etildi.
Tadbir davomida bolalar hamda ularning ota-onalariga bolalar huquqlari, ular uchun davlat tomonidan yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar, shuningdek, qonunchilikda belgilangan huquq va kafolatlar haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shu bilan birga, ishtirokchilarga bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga oid huquqiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan targ‘ibot materiallari tarqatildi.
Tuman adliya bo‘limi tomonidan aholi, ayniqsa, yosh avlodning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari izchil davom ettiriladi.