Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
06
Bandixon tuman adliya bo‘limida yoshlar uchun "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri o‘tkazildi

 

Adliya vazirligining Surxondaryo viloyati bo‘yicha 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan Sohaviy faoliyat rejasi ijrosini ta’minlash maqsadida Bandixon tuman adliya bo‘limida 2026-yil 6-avgust kuni yoshlar uchun "Ochiq eshiklar kuni" hamda "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi tashkil etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar adliya organlarining faoliyati, tarkibiy tuzilmalari, asosiy vazifalari hamda aholiga ko‘rsatilayotgan huquqiy xizmatlar bilan yaqindan tanishtirildi.

Shuningdek, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, huquqiy yordam ko‘rsatish hamda adliya organlari tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Ochiq muloqot davomida yoshlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob berildi hamda ularning taklif va tashabbuslari tinglandi.

Tadbir yakunida yoshlarning huquqiy bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash, adliya tizimi faoliyatiga qiziqishini oshirish hamda yuridik kasblarga hurmat tuyg‘usini shakllantirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

04
Qumqo‘rg‘onda yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Surxondaryo viloyati bo‘yicha 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan sohaviy faoliyat rejasining 21-bandiga muvofiq, 2026-yil 4-avgust kuni Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limida yoshlar ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar adliya organlarining faoliyati, tarkibiy tuzilmalari, asosiy vazifalari hamda aholiga ko‘rsatilayotgan huquqiy xizmatlar bilan yaqindan tanishtirildi. Shuningdek, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Ochiq muloqot ruhida o‘tgan tadbir yoshlarning huquqiy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, ularda adliya tizimi faoliyatiga qiziqish hamda yuridik kasblarga hurmat tuyg‘usini shakllantirishga xizmat qildi.

30
Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan "Yoshlar kuni" doirasida "Sport kuni" tadbiri tashkil etildi

Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan "Yoshlar kuni" doirasida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida "Sport kuni" tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari S. Tursunov ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq muloqot qildi. Rahbar o‘z so‘zida sport inson salomatligini mustahkamlash, yoshlarni vatanparvarlik, qat’iyat va intizom ruhida tarbiyalashda muhim omil ekanini alohida ta’kidladi.

Tadbir doirasida yoshlar, adliya organlari xodimlari hamda mahalla faollari ishtirokida sport musobaqalari tashkil etilib, sog‘lom raqobat, jamoaviy hamjihatlik va faol turmush tarzini targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, yoshlarni sport bilan muntazam shug‘ullanishga keng jalb etish, ularning iqtidorini qo‘llab-quvvatlash, professional sport bilan shug‘ullanish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda sportning jismoniy va ma’naviy kamolotdagi o‘rni yuzasidan tavsiyalar berildi.

Tadbir davomida yoshlarning huquqiy ongi va fuqarolik faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, zararli odatlardan yiroq bo‘lish hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish masalalari yuzasidan ham huquqiy tushuntirishlar berildi.

"Sport kuni" tadbiri yoshlarning jismoniy salomatligini mustahkamlash, sportni ommalashtirish, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish hamda ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga xizmat qildi.


24
Sariosiyoda “Yosh fermerlarni qo‘llab-quvvatlash kuni” tadbiri o‘tkazildi

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2026-yil 3-iyundagi 10-1357-sonli xati ijrosi, shuningdek, iyun–avgust oylari payshanba – “Yoshlar kuni” doirasida tasdiqlangan reja-grafikning 8-bandi asosida Sariosiyo tuman adliya bo‘limi tomonidan tumanning “Ehtirom” mahallasidagi “Hayrullo oltin dalasi” fermer xo‘jaligida “Yosh fermerlarni qo‘llab-quvvatlash kuni” tadbiri tashkil etildi.

Tadbir doirasida zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnologiyalari, jumladan tomchilatib sug‘orish, dronlar yordamida ekinlarni kuzatish hamda smart fermerlik bo‘yicha amaliy ko‘rgazmalar namoyish etildi.

Yosh fermerlarga yerdan foydalanish huquqi, qishloq xo‘jaligi kreditlari va subsidiyalar olish tartibi yuzasidan huquqiy seminar o‘tkazilib, ishtirokchilarning savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.

Shuningdek, “Ustozdan shogirdga” uchrashuvi tashkil etilib, tajribali agronom va fermerlar o‘z bilim hamda tajribalarini yoshlar bilan o‘rtoqlashdi.

Tadbir davomida rahbarlar ishtirokida yosh fermerlar yetishtirgan mahsulotlar uchun “Dehqon bozori” yarmarkasi tashkil etildi.

Bundan tashqari, organik dehqonchilik, gidroponika va zamonaviy issiqxona texnologiyalari bo‘yicha amaliy master-klass hamda xalqaro qishloq xo‘jaligi dasturlari, grant imkoniyatlari va xorijiy tajribalar yuzasidan axborot-targ‘ibot ishlari olib borildi.

23
Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan Yoshlar kuni doirasida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi hamda "Muvaffaqiyat sirlari" mavzusida motivatsion muloqot tashkil etildi.

Tadbirda Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi birinchi o‘rinbosari S. Tursunov ishtirok etib, mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, adliya tizimidagi islohotlar hamda yoshlarning kasbiy salohiyatini yuksaltirish masalalari yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.

Uchrashuvda adliya tizimi xodimlari, tajribali advokatlar, mehnat faxriylari, hududiy adliya organlari yoshlari hamda yuridik yo‘nalish talabalari ishtirok etdi.

Muloqot davomida yoshlarga yuridik sohada muvaffaqiyatga erishish yo‘llari, kasbiy rivojlanish imkoniyatlari, shuningdek halollik, mas’uliyat va fidoyilikning ahamiyati haqida batafsil tavsiyalar berildi.

Ochiq muloqot jarayonida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga tajribali mutaxassislar tomonidan hayotiy misollar va amaliy tajribalar asosida javoblar berildi.

Mazkur motivatsion uchrashuv yoshlarning huquqiy ongi va kasbiy salohiyatini yuksaltirish, ularni yuksak maqsadlar sari ruhlantirish hamda adliya tizimi uchun malakali kadrlar zaxirasini shakllantirishga xizmat qildi.

17
“Zakovat” – bilim va tafakkur maydoni

Adliya vazirligi tomonidan 2026-yilning ikkinchi yarim yilligi davomida “Yoshlar kuni” doirasida o‘tkaziladigan uchrashuv va tadbirlar reja-grafigining 7-bandiga muvofiq hududlarda “Zakovat” intellektual o‘yinlarini tashkil etish belgilangan.

Mazkur topshiriq ijrosi yuzasidan Sariosiyo tuman adliya bo‘limi tomonidan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi doirasida tumandagi Xonjiza bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida yoshlar ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

Intellektual bahslar davomida ishtirokchilarga huquqiy, mantiqiy hamda umumiy bilimlarga oid savollar taqdim etilib, ularning tahliliy fikrlashi, tezkor qaror qabul qilish, jamoada ishlash va bilim salohiyatini namoyon etish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi.

Shuningdek, o‘yin jarayonida yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, qonunchilikka hurmat ruhini mustahkamlash hamda intellektual salohiyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, eng yuqori natijalarni qayd etgan jamoalar g‘olib deb topilib, Sariosiyo tuman adliya bo‘limining Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.

Bunday intellektual loyihalar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarish, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish hamda huquqiy targ‘ibot samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

09
Qumqo‘rg‘on tumanida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi doirasida sog‘lom turmush tarzi va tarixiy meros targ‘ib qilindi

Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi tashabbusi bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi doirasida yoshlarning jismoniy, ma’naviy va intellektual salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan qator tadbirlar tashkil etildi.

Sport maktabida o‘tkazilgan uchrashuvda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy faollikni oshirish, to‘g‘ri ovqatlanish, zararli odatlardan voz kechish hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi.

“Umid nihollari” mahallasi yoshlari uchun tumandagi “Iskandar Zulqarnayn” (G‘isht ko‘prik) tarixiy obidasiga ma’rifiy sayohat uyushtirilib, ishtirokchilar ushbu tarixiy maskanning tarixi va ahamiyati bilan yaqindan tanishtirildi.

Tadbirlar davomida yoshlarning fikr va takliflari tinglanib, kitobxonlikni rivojlantirish, sport bilan muntazam shug‘ullanish, sog‘lom ovqatlanish hamda raqamli texnologiyalardan oqilona foydalanish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Mazkur tadbirlar yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, tarixiy merosga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda Vatanga sadoqat ruhidagi barkamol avlodni tarbiyalashga xizmat qildi.


08
“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi doirasida sport musobaqalari tashkil etildi

Navbatdagi “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi Termiz tumanidagi Bolalar va o‘smirlar sport maktabida o‘tkazildi.

Tadbir doirasida yoshlar o‘rtasida uzunlikka sakrash va uzoq masofaga yugurish bo‘yicha sport musobaqalari tashkil etildi.

Shuningdek, sport majmuasida o‘g‘il-qizlar hamda murabbiylar ishtirokida amaliy mashg‘ulotlar va qisqa treninglar o‘tkazilib, yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirildi.

Musobaqalarda faol ishtirok etgan yoshlar hamda g‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Mazkur uchrashuv yoshlarni sog‘lom turmush tarziga jalb etish, ularning jismoniy faolligini oshirish hamda barkamol avlodni voyaga yetkazishga xizmat qilmoqda.

02
Uzun tumanida "Ochiq kutubxona kuni" va "Kitob almashish" yarmarkasi tashkil etildi

Uzun tuman adliya bo‘limi tomonidan yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish, mutolaa orqali ularning ma’naviy salohiyatini yuksaltirish maqsadida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi doirasida "Ochiq kutubxona kuni" hamda "Kitob almashish" yarmarkasi tashkil etildi.

Tadbir davomida park va mahalla hududida maxsus kitob javonlari tashkil etilib, yoshlar turli badiiy, ilmiy-ommabop va huquqiy adabiyotlarni erkin mutolaa qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Shuningdek, "Kitob almashish" yarmarkasi doirasida ishtirokchilar o‘zlari o‘qib bo‘lgan kitoblarni olib kelib, ularni boshqa qiziqarli asarlarga almashtirish orqali kitob mutolaasi va kitob almashish madaniyatini rivojlantirishga hissa qo‘shdilar.

Tadbir davomida yoshlar bilan kitob mutolaasining inson kamolotidagi o‘rni, kitobxonlikni ommalashtirish hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Yakunda yoshlar muntazam kitob mutolaa qilishga, bilim va tafakkurni yuksaltirishga hamda kitobxonlik an’analarini keng targ‘ib etishga chaqirildi.


26
Shoʻrchi tumanida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Shoʻrchi tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman prokuraturasi bilan hamkorlikda sog‘lom turmush tarzi mavzusida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvda sog‘lom turmush tarzining ahamiyati, to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollikni oshirish, zararli odatlardan voz kechish hamda sport bilan muntazam shug‘ullanishning foydalari haqida suhbat olib borildi.

Tadbir davomida yoshlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berilib, ular bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Yakunda yoshlar sog‘lom va faol hayot tarzini olib borish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ijobiy odatlarni kundalik hayotga tatbiq etishga chaqirildi.