Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

26
Xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish bugungi kunning dolzarb muammosi mavzusida profilaktik davra suhbati o‘tkazildi.

Joriy yilning 25-fevral kuni Surxondaryo Viloyat IIB JXX HPB tashabbusi bilan xamkor tashkilotlar ishtirokida “Termiz shahar hududida Xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish bugungi kunning dolzarb muammosi” mavzusida profilaktik davra suhbati o‘tkazildi. Profilaktik hisobda turuvchi xotin-qizlar bilan o‘tkazilgan suhbatda  Surxondaryo viloyati IIB JXX HPB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik O‘.J.Eshimova, Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Z.A.Xidirova hamda hamkor tashkilotlar ishtiroq etishdi.  Uchrashuv davomida xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilikning barvaqt oldini olishga yangicha yondoshuv mexanizmi to‘g‘risida ishtirokchilarga tushunchalar berib, mahallada ish olib boruvchi barcha hamkor tashkilotlarning mas’ullari, xususan xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassislar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlarning birdamlikda ish olib borishi zarurligi haqida so‘z yuritildi. Termiz shahar hokimligi binosida  tashkilotlar bilan xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida olib borilgan profilaktik davra suhbati yakuniga ko‘ra 21 nafar probatsiya hisobida turgan , 12 nafar tazyiq va zo‘ravonlikka uchraganlar hamda jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan 8 nafar ayollar alohida nazoratga olinish choralari ko‘rildi. (Batafsil...)

26
Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida "Huquqiy targ‘ibot kuni" tadbiri o‘tkazildi

Jarqo‘rg‘on tumani "Mehnat rohat" mahallasida "Huquqiy targ‘ibot kuni" tadbiri o‘tkazildi.

Mazkur tadbir davomida Aholi va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida sayyor qabul tashkil etildi. Sayyor qabulda viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Roziqov tomonidan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlari tinglandi.

Sayyor qabul davomida, 10 dan ortiq fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilib, 20 dan ortiq fuqarolarga huquqiy tushuntirish berildi, 9 nafar fuqarolarning murojaati o‘rganish muddat talab etganligi sababli ish yurituviga qabul qilinib alohida nazoratga olindi.

Sayyor qabuldan so‘ng, viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Roziqov tomonidan korrupsiya, korrupsiyaviy jinoyatlar, mazkur jinoyat sabablari, oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar hamda qonunchilikdagi boshqa aloqador jihatlar mazmun-mohiyatini sodda va xalqchil tilda, amaliy misollar bilan tushuntirib berildi.

21
Bugun Termiz shahar adliya boʻlimida jurnalistlar, bloggerlar, yoshlar uchun “Ochiq eshiklar” kuni tadbiri tashkil etildi.

Unda yoshlarning siyosiy-huquqiy savodxonligini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar, Davlat xizmatlari markazi, FHDY, Yuridik xizmat koʻrsatish markazi hamda adliya boʻlimi ish faoliyati haqida batafsil ma'lumotlar berildi.

Shuningdek, Ularni qiziqtirgan bir qancha savollarga boshqarma rahbariyati hamda xodimlari tomonidan javob berish barobarida hayotda va kasbiy faoliyatda kerak bo‘ladigan muhim tavsiyalar berildi. (Batafsil...)

04
TAYINLOV!!!

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan:

- Gafforov Baxridin Kuchimovich Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi direktori lavozimidan ozod etilib, Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi idoraviy notarial arxiv mudiri lavozimiga tayinlandi;

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi B.Gafforovni ushbu tayinlov bilan qutlab, uning kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!

03
TAYINLOV!!!

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan:

- Mahsumov Baxtiyor Toshtemirovich Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi idoraviy notarial arxiv mudiri lavozimidan ozod etilib, Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Jarqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi;

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi B.Mahsumovni ushbu tayinlov bilan qutlab, uning kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!

28
Surxondaryo viloyati Uzun tumanida Korrupsiya va uning salbiy oqibatlari mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Surxondaryo viloyati Uzun tumanida Korrupsiya va uning salbiy oqibatlari mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati hamda Uzun tuman adliya bo‘limi boshlig‘i tomonidan Uzun tumani hokimligi binosida korrupsiya, korrupsiyaviy jinoyatlar, mazkur jinoyat sabablari, oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar hamda qonunchilikdagi boshqa aloqador jihatlar mazmun-mohiyatini sodda va xalqchil tilda, amaliy misollar bilan tushuntirishga qaratilgan seminar tashkil etildi.

15
TAYINLOV!!!

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan:

- Primov Qaxramon Abdijabborovich Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi Sho‘rchi tuman adliya bo‘limi Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘linmasi bosh malahatchisi lavozimidan ozod etilib, Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Sho‘rchi tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi direktori lavozimiga tayinlandi;

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Q.Primovni ushbu tayinlov bilan qutlab, uning kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!

13
TAYINLOV!!!

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan:

- Sharipov Bexruz Ibragimovich Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish va metodik ta’minlash sho‘basi bosh maslahatchisi lavozimidan ozod etilib, Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Inson resurslari sho‘basi bosh maslahatchisi lavozimiga tayinlandi;

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi B.Sharipovni ushbu tayinlov bilan qutlab, uning kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!

10
TAYINLOV!!!

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan:

- Raimova Nasiba Eshmo‘minovna Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi Angor tuman adliya bo‘limi FHDY bo‘limi, 1-toifali inspektori lavozimidan ozod etilib, Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Termiz tuman adliya bo‘limi FHDY bo‘limi mudirasi lavozimiga tayinlandi;

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi N.Raimovani ushbu tayinlov bilan qutlab, uning kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!

06
TAYINLOV!!!

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan:

- Allaberdiyev Olim Bahodirovich Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish sho‘basi bosh maslahatchisi lavozimidan ozod etilib, Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Muzrabot tuman adliya bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi;

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi O.Allaberdiyevni ushbu tayinlov bilan qutlab, uning kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!