Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

07
Jayhun mahallasi huquqiy muammolardan holi hududga aylantirilmoqda

Termiz shahar "Jayhun" mahallasida Adliya vazirining 2024-yil 12-noyabrdagi “Adliya organlari tomonidan aholining huquqiy muammolarini hal etish tizimini tashkil etish hamda fuqarolarning qonunlarda mustahkamlanib qo‘yilgan huquq va qonuniy manfaatlarining ta’minlanishi holatini monitoring qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 384-um-son buyrug'ining 7-bandi ijrosi yuzasidan “Huquqiy mahalla” loyihasi tashkil etildi.

✅Loyiha doirasida shahar adliya bo‘limi YXKM xodimlari  tomonidan mahalladagi xonadonlarda uyma-uy yurgan holda fuqarolarning mavjud huquqiy muammolari oʻrganildi.

07
200 dan ortiq xonadonlarga kirib borildi

Sherobod tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-son “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizmini shakllantirish to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha tumandagi “Nurtepa” mahallasida “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida mahallaning “Iso-Termiziy”, “Kapirtepa-1” va boshqa ko‘chalarida 200 dan ortiq xonadonlarga kirib borilib, 150 dan ortiq huquqiy muammolari o`rganildi.
(https://web.telegram.org/a/data-entity-type=%22MessageEntityUrl%22)
O‘rganish talab etiladigan murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib alohida nazoratga olindi.

07
Sayyor qabul - xalq manfaati uchun

Sayyor qabul - xalq manfaati uchun

Sariosiyo tumani adliya bo'limi tomonidan  "Chosh" MFYda  aholi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

✅ Sayyor qabulda fuqarolarga huquqiy maslahatlar berildi, ularning dolzarb muammolarini o‘rganish va hal etishga qaratilgan amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

✅Muloqotda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni ijtimoiy faolligini oshirish, kasb-hunar o‘rganish va bandligini ta’minlash bo‘yicha ham zaruriy tavsiyalar berildi.

✅Tadbir davomida ayrim masalalar sifatli va qonuniy hal etishlik uchun “Mahalla.adliya.uz” platformasi orqali murojaat sifatida ish yurituviga olindi.

✅Tadbir so'ngida fuqarolarga firibgarlik jinoyati bo'yicha tarqatma flayerlar tarqatildi.

04
"Tengdoshimga huquqiy yordam" loyihasi doirasida Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida yoshlar o'rtasida huquqiy viktorina o'tkazildi

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan "Tengdoshimga huquqiy yordam" loyihasi doirasida Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida yoshlar o'rtasida huquqiy viktorina o'tkazildi.

Qizg'in va murosasiz davom etgan bahsda "Iceberg" jamoasi g'olibikni qo'lga kiritdi. Shuningdek, viktorinaning boshqa naminatsiyalari bo'yicha ham g'oliblar munosib taqdirlandi.

03
Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha qonunchilikdagi yangiliklar haqida davra suhbati o'tkazildi

Sariosiyo tuman adliya bo‘limi tomonidan “ODAM SAVDOSI JINOYATI UCHUN JAZO CHORALARI KUCHAYTIRILAYOTGANLIGI MUNOSABATI BILAN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT KODEKSINING 135-MODDASIGA O‘ZGARTIRISH KIRITISH TO‘G‘RISIDA”gi hamda  korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan tumandagi "Xurshid" va "Bog‘i Samarqand" mahallasida huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirildi.

02
Sherobod va Boysun tumanlarida kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Sherobod va Boysun tumanlarida kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasining birinchi o‘rinbosari A.Roziqov hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Boysun va Sherobod tumanlarida fuqarolar hamda kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida jami 50 ga yaqin tadbirkorlik subyektlarining murojaatlari tinglandi.

Shundan, 20 nafar tadbirkorlarning murojaatlariga intellektual mulk huquqlarini himoya qilish, tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazishning afzalliklari va bu bo‘yicha talabnoma topshirish tartibi haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, 15 dan ortiq fuqarolarga sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatilib ularning murojaatlari joyida ijobiy hal etildi.

30
Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi

Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi

Oltinsoy tumani adliya bo‘limi FHDY boʻlimi tomonidan  2 yildan buyon shaʼriy nikoh asosida yashab kelayotgan Sh.Jurayev  va M.Shukuraliyevalarning nikohi rasmiylashtirilib nikoh tuzilganlik haqidagi guvohnomasi rasmiylashtirib berildi.

27
"27-iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni" munosabati bilan bir guruh jurnalistlarning mehnati e’tirof etilib, tashаkkurnoma va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasida "27-iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni" munosabati bilan  jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan izchil huquqiy islohotlar jarayonini yoritishdagi faol ishtiroki uchun bir guruh jurnalistlarning mehnati e’tirof etilib, tashаkkurnoma va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

Bundan keyingi faoliyatlaringizga ham omad va zafarlar tilagan holda jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishdagi fidokorona xizmatlaringiz uchun tashakkur bildirmiz.

20
Surxondaryoda 108 nafar fuqarolarning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan uy-joylariga bo'lgan huquqlari e'tirof etildi.

Surxondaryoda 108 nafar fuqarolarning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan uy-joylariga bo'lgan huquqlari e'tirof etildi.

Bandixon tumanidan 6 nafar, Jarqo‘rg‘on tumanidan 14 nafar, Muzrabot tumanidan 6 nafar, Oltinsoy tumanidan 51 nafar, Qiziriq tumanidan 3 nafar, Sho‘rchi tumanidan 4 nafar, termiz tumanidan 16 nafar, Uzun tumanidan 8 nafar fuqarolarning yakka tartibdagi uy-joylariga va ular joylashgan yer uchastkalariga nisbatan mulk huquqlari e'tirof etildi

Qonun ijrosi natijasida fuqarolar va tadbirkorlarining mulklari qonuniylashtiriladi, fuqarolar o‘rtasidagi mulkiy nizolar, shu jumladan meros bilan bog‘liq nizolarga yechim topiladi, hududlarni rivojlantirish bilan bog‘liq hujjatlarni ishlab chiqishdagi muammolar kamayadi, bozorda qonuniy kapital aylanmasi paydo bo‘ladi, eng muhimi aholining kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

13
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasida “Advokatlar orasida korrupsiyaviy holatlarni oldini olish” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Mazkur seminarda Adliya vazirligining Notariat, advokatura va mediatsiya boshqarmasi boshlig‘i Ma’sum Hatamov ishtirok etib, yig‘ilish ishtirokchilariga korrupsiyaga oid jinoyatlarni oldini olish, advokatura institutini “Korrupsiyasiz soha”ga aylantirish vazirlik tizimining asosiy vazifalaridan biri etib belgilanganligini, bu borada vazirlik tomonidan bir qator tashkiliy-amaliy choralar ko‘rib kelinayotganligini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, “Yuridik yordam axborot” tizimi orqali davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish sohasida amaliyotda vujudga kelayotgan muammolar, ularning bartaraf etilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda bu borada huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda ishlarni yanada tizimli tashkil etish lozimligi yuzasidan tushuntirishlar berdi.(Batafsil...)