Yangiliklar
Tashrifi davomida boshqarma boshlig‘i A.Isoqov adliya bo‘limi, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, davlat xizmatlari markazi va FHDY bo'limi hamda "Madad" NNT byurosi xodimlari bilan individual suhbatlashib, xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar, ularning xizmat faoliyati hamda oilaviy sharoitidagi muammolarini o‘rgandi.
Shuningdek, boshqarma boshlig‘i A.Isoqov xodimlarning ish faoliyatida hamda davlat xizmatlarini ko‘rsatishda yuzaga kelayotgan muammo va takliflarini o‘rganib, o‘zining fikr va mulohazalarini bildirdi.
Jarqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi, FHDY, Yuridik xizmat koʻrsatish markazi, DXM hamda "Madad" NNT xodimlari tomonidan shaharning "Loyqand" MFYda aholi uchun eng dolzarb masalalarni aniqlash orqali ular yuzasidan huquqiy tushuntirish va maslahatlar berish maqsadida "Huquqiy targ'ibot kuni" hamda "Adliya kuni" tadbirlari tashkil etildi.
✅“Mahalla yettiligi”ga hamda fuqarolarga qonunchilik hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini oddiy va xalqchil tilda yetkazildi.
???? Adliya organlari vakolatlari doirasida hal etiladigan masalalar bo‘yicha huquqiy muammolarni joyida hal etish choralari ko‘rildi.
❇️ Aholiga “my.gov.uz”, “yurxizmat.uz”, “advice.uz” portallaridan foydalanish tartibi tushuntirilib, qonunchilikdagi yangiliklar va imtiyozlar haqida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.
✅Tadbir ishtirokchilari tomonidan berilgan huquqiy masalalarga oid savollarga atroflicha javob berildi.
#Adliya_xabari #rahbar_va_yoshlar #ochiq_eshiklar
Bugun Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasida "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri doirasida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi o‘tkazildi
Tadbir doirasida yoshlarni qiziqtirgan bir qancha savollarga boshqarma rahbariyati hamda tizim xodimlari tomonidan javob berish barobarida hayotda va kasbiy faoliyatda kerak bo‘ladigan muhim tavsiyalar berildi.
Shuningdek, "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri doirasida yoshlarning siyosiy-huquqiy savodxonligini oshirish borasida amalga oshirilgan va oshirilayotgan ishlar, xususan adliya tizimi tarixi, intellektual mulk huquqlarini himoya qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari ijrosini nazorat qilish, huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish, davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish hamda boshqarmaning boshqa sho‘balari ish faoliyati haqida batafsil ma'lumotlar berildi.
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi mas'ul xodimi Sh.Ostonaqulov hamda Oltinsoy tuman adliya bo‘limi tomonidan tumanidagi yurudik xizmat ko'rsatish belgilangan davlat tashkilotlari va muassasalari rahbarlari va kadrlari ishtirokida ochiq muloqat tarzida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida, mas'ullar sohada yuzaga kelayotgan xato va kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish choralari haqida batafsil tushuntirishlar berishdi.
Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo`limi tomonidan tumanning "Mustaqillik" mahallasida uyma-uy yurish orqali aholining huquqiy muammolari o‘rganilganda ushbu mahallada yashovchi fuqaro S.Mamatova I guruh nogironi ekanligi va shu sababli nogironlik aravachasi so‘rab yo‘llagan murojaati o‘rganib chiqish uchun bo‘lim ish yurituviga qabul qilindi.
O‘rganish davomida, fuqaro S.Mamatovaga haqiqatan yurish uchun imkoniyati cheklanganligi sababli elektron yurutmali nogironlik aravachasi topshirildi.
Qiziriq tuman adliya bo‘limi DXM, FHDY va YXKM mas’ul xodimlari tomonidan tumanning "Mustaqillik" mahallasida “Huquqiy targʻibot kuni” va "Adliya kuni" doirasida sayyor qabul oʻtkazildi.
Fuqarolar bilan uchrashuv jarayonida aniqlangan huquqiy muammolar yuzasidan fuqarolarga to’liq birlamchi yuridik yordam ko‘rsatilib, ayrim murojaatlar o‘rganish muddat talab etganligi sababli bo’lim ish yurituviga qabul qilindi.
Sayyor qabul jarayonida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 03-yanvar kunidagi PQ-1-sonli qarori va 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmoni ijrosi yuzasidan huquqiy tushunchalar, shuningdek sohaga taalluqli boshqa qonun hujjatlari mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berib o'tildi.
Sherobod tumani "Taroqli" mahallasida "Huquqiy targ‘ibot kuni" tadbiri o‘tkazildi.
Sherobod tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tumandagi "Taroqli" mahallasida fuqarolar bilan O'zbekiston Respublikasi adliya vazirligining Surxondaryo viloyati bo'yicha 2025-yil uchun mo'ljallangan sohaviy faoliyat reja-dasturining 25-bandida belgilangan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami uchun qonunchilik hujjatlarida ko'rsatilgan imtiyozlar va kafolatlar qo'llanilishini ta’minlash yuzasidan huquqiy targ'ibot o'tkazildi.
Shuningdek, fuqarolarning o'zini qiziqtirgan savollarga soha vakillari tomonidan batafsil tushuntirishlar olib borildi.
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i A.Isoqov Angor tumaniga tashrifi davomida adliya bo‘limi, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, davlat xizmatlari markazi va FHDY bo'limi xodimlari bilan individual suhbatlashib, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, aholi va tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan davlat va huquqiy xizmatlar sifatini yanada oshirish yuzasidan o‘zaro fikr almashdi.
Shuningdek, boshqarma boshlig‘i A.Isoqov tuman adliya bo'limida nikohni qonuniy qayd etish uchun zamonaviy dekoratsiyalar asosida tashkil etilgan tantanalar saroyi bilan tanishdi.
Bundan tashqari, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda yuzaga kelayotgan muammolarni tahlil qilib, ularning yechimi yuzasidan o'z taklif va tavsiyalarini berdi.
Adliya xodimlari olis hududning olis mahallasiga kirib borishdi.
Uzun tuman adliya bo‘limi tomonidan tumandagi olis hudud "Nurli kelajak" mahallasida "Huquqiy targ‘ibot kuni" tadbiri o‘tkazildi. Mazkur tadbirda uyma-uy yurish orqali huquqiy targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
Tadbir davomida, 50 dan ortiq xonadonlarga kirib borilib, 70 dan ortiq fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi, 5 nafar fuqarolarning murojaati o‘rganish muddat talab etganligi sababli ish yurituviga qabul qilinib alohida nazoratga olindi.
Shuningdek, uyma-uy yurish orqali qonunchilikdagi yangiliklar, xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-133-son qarori mazmun-mohiyati hamda Xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va ularga berilgan imtiyozlar haqida keng aholi qatlamiga batafsil tushuntirishlar berildi.
Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i A. Isoqovning navbatdagi tashrifi Sherobod tuman adliya bo‘limiga bo'ldi.
Sherobod tumaniga tashrifi davomida boshqarma boshlig‘i A.Isoqov adliya bo‘limi, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, davlat xizmatlari markazi va FHDY bo'limi xodimlari bilan individual suhbatlashib, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, aholi va tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan davlat va huquqiy xizmatlar sifatini yanada oshirish yuzasidan o‘zaro fikr almashdi.
Muloqot davomida boshqarma boshlig‘i A.Isoqov sohada, xususan davlat xizmatlarini ko‘rsatishda yuzaga kelayotgan muammolarni tahlil qilib, ularning yechimi yuzasidan o'z taklif va tavsiyalarini berdi.