Yangiliklar
Hukumat qaroriga (https://lex.uz/ru/docs/-5757463) (732-son, 03.12.2021-y.) asosan O‘zbekiston Respublikasi hududida tuzilgan rasmiy hujjatlarga elektron apostil qoʼyish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. (Batafsil...)
Bayramni umumiy madaniyatning tarkibiy qismi bo‘lgan yuksak huquqiy madaniyat bilan o‘tkazish, turli baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida quyidagilarni tavsiya etamiz: (Batafsil...)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PQ-447-son qaroriga muvofiq, 2023-yil 1-yanvardan boshlab, sinov tariqasida , Adliya vazirligi tizimida idoraviy buyruq, qaror va farmoyishlarni “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilish va e’lon qilish amaliyotini yo‘lga qo‘yish belgilandi.(Batafsil...)
Yangi yil bayrami tobora yaqinlashgani sari uning shukuhi ortib boradi. Biroq, mana shu bayramona kayfiyatga rahna soladigan holat ham borki, dilni xira qiladi. (Batafsil...)
Jarqo‘rg‘on tumanidagi 2-sonli «Olmaxon» maktabgacha ta’lim tashkilotining hamshirasi Qoraeva Nargizaga ko‘p yillardan buyon ustamalar to‘lanmagan. (Batafsil...)
Xayr-u sahovat, mehr-u oqibat xalqimizga xos ezgu fazilatlardandir. Bayram arafasida ham dard bilan kurashib, darmon istagan jajji yurak egalari ham bor oramizda. (Batafsil....)
O'zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklarning profilaktikasi to'g'risida”gi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan mazkur Qonun O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan “Adolat” nashriyoti tomonidan o'zbek va rus tillarida hamda lotin imlosida yaxlit kitob holida 5000 nusxada nashr qilindi. (Batafsil...)
Adliya vazirining 2020-yil 19-martdagi 65-um-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Davlat xizmatlarining sirli mijozi” instituti faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom asosida Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi masʼul xodimlari bevosita jismoniy shaxslar va tadbirkorlik subyektlarini, shuningdek Davlat xizmatlari markazlari xodimlarini jalb qilgan holda “Sirli mijoz” tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda. Jumladan, joriy yilning 4-choragi davomida Davlat xizmat ko‘rsatuvchi idoralarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat xizmatlarini ko‘rsatish va korrupsion holatlarga moyilligi borasida “Sirli mijoz” tadbiri o‘tkazilgan bo'lib, bunda ma’muriy reglamentlar talablariga amal qilinmaganlik holatlari yuzasidan vakolatli idoralarga nisbatan taqdimnoma ta’sir choralari kiritildi.
Davlat organlari va tashkilotlarining markaziy apparat va hududiy bo‘linmalari tashkiliy tuzilmalari qaytadan ko‘rib chiqilayotganligi hamda shtat birliklari maqbullashtirilayotganligi sababli vacancy.adliya.uz orqali e’lon qilingan tanlovlarning barcha jarayonlari vaqtinchalik to‘xtatilganligini ma’lum qilamiz.
Adliya vazirligi hamda BMT Taraqqiyot Dasturi hamkorligida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan "Olmos" konvension markazida "Davlat xizmatlari markazlari tashkil etilganligining 5 yilligi" bayram tadbiri tashkil etildi. (Batafsil...)