Yangiliklar
Adliyada Mustaqillikning 34 yilligi munosabati bilan fuqarolar bayramona kayfiyatda qarshi olinmoqda
Surxondaryo viloyatidagi barcha Davlat xizmatlari markazlarida aziz Vatanimizning mustaqillik bayrami — O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan fuqarolarni bayramona kayfiyatda qarshi olmoqda.
????Markazga tashrif buyurayotgan har bir fuqaroga yurtimiz iftixori — Davlat bayrog‘imiz ramzi tushirilgan lentalar taqilmoqda. Bu o‘z navbatida bayram shukuhini, fuqarolarda vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
????Davlat xizmatlari markazi binosi davlat ramzlarimiz, ayniqsa bayrog‘imiz timsolidagi rang-barang sharlar bilan bezatildi.
Shuningdek, markazda mehmonlar uchun milliy kuy-qo‘shiqlar yangrayotgani xizmatlardan foydalanish uchun kelayotgan aholiga o‘ziga xos kayfiyat ulashmoqda.
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Isoqov Termiz shahrida adliya boshqarmasiga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashdi. Ushrashuv davomida, ularning mavjud muammolarini o‘rganib, hal etish bo‘yicha mas'ullarga qat'iy ko‘rsatmalar berdi.
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Isoqov Angor va Muzrabot tumanlarida "E’tirof" platformasi bo‘yicha mavjud muammolar, ularning yechimi yuzasidan tuman mas’ullari bilan amaliy muloqot o‘tkazdi.
“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida Sherobod tumani adliya bo’limi FHDY bo’limi tomonidan 29 yildan buyon tug’ilishi qayt etilmagan Sherobod tumani “Sherobod” mahallasida yashovchi 16.04.1996-yilda tug’ilgan fuqaro G.Jaylovaga hamda 2 nafar voyaga yetmagan farzandlariga birinchi marotaba tug’ilganlik haqida guvohnomalar rasmiylashtirib berildi.
Fuqaroning tug‘ilganligi qonuniy tartibda qayd etilib, ilk bor tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma rasmiylashtirildi. Ushbu hujjat G.Jaylovaning shaxsiy huquq va majburiyatlarini amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, davlat himoyasiga olinganini bildiradi.
Adolat va mehr asosidagi har bir qadamimiz xalqimiz farovonligi yo‘lida xizmat qiladi.
Jarqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi boshlig‘i R.Sultanovning davlat organlari va tashkilotlari tuman bo‘linmalarining norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish holati bo‘yicha 2025-yil I yarim yilligi yakuni yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashining 11-sessiyasida AXBOROTI eshitildi.
Sherobod tumani hokimligida tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan Mahalla uyushmasi tuman bo‘limi va mahalla raislari hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ–1-son qarori (“2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish to‘g‘risida”) mazmun-mohiyati hamda uning ijrosi yuzasidan seminar o‘tkazildi.
????Tadbirda qarorda belgilangan vazifalar, mahallalarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish bo‘yicha yangicha yondashuvlar va amaliy choralar batafsil muhokama qilindi.
Seminardan ko‘zlangan maqsad, mazkur qaror mazmun-mohiyatini mas'ullarga batafsil tushuntrish hamda bu bo‘yicha hamkorlikda ishlarni jonlantirishdan iborat .
Termiz shahrida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida idora va tashkilotlarning quyi tizimlari xodimlari o‘rtasida ommaviy sport musobaqalari viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Bellashuvdan o‘rin olgan sportning shaxmat turi bo‘yicha faxrli I o‘rinni Oltinsoy tuman adliya bo‘limi xodimi Saidmurodov Mirzaboy Azamat o‘g‘li;
Sportning shashka turi bo‘yicha faxrli III o‘rinni Ziyodullayev Ahror Komil o‘g‘li qo‘lga kiritdilar!
Ushbu bellashuvda g‘olib bo‘lgan adliya boshqarmasi xodimlarini tabriklaymiz
Sariosiyo tumani adliya bo‘limi tomonidan tumandagi eng olis mahalla - "Xonjiza" mahallasida fuqarolarning huquqiy muamolari uyma-uy yurgan holda o‘rganilmoqda.
Uyma-uy yurish davomida, 80 dan ortiq fuqarolarning murojaatlari tinglandi. 40 nafar fuqarolar murojaatiga shu joyning o‘zida javob berilib huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, 5 nafar fuqaroga davlat xizmatlari ko‘rsatilishi bilan bog‘liq murojatlari shu joyning o‘zida hal etilib, sayyor tartibda davlat xizmatlari ko`rsatildi.
Bu kabi tadbirlardan maqsad, fuqarolarning huquqiy muammolarini hal etish, og‘irini yengil, uzog‘ini esa yaqin qilishdir.
Angor tuman adliya bo'limi Davlat xizmatlar markazi xodimlari tomonidan tumanning "Zartepa" va "Zang-gilambob" mahallasida Sayyor tartibda davlat xizmatlari ko'rsatildi.
Davlat xizmatlari ko'rsatish davomida 12 nafar fuqaroga moddiy yordam olish uchun ariza, 9 nafar fuqaroga kam taminlangan ma'lumotnoma, 4 nafar fuqaroga yashash joyidan ma'lumotnoma tayyorlab berildi.
Shuningdek, fuqarolarga O'zbekiston Respublikasining "O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularga qurilgan binolar va inshoatlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida"gi Qonuni, odam savdosi va unga qarshi kurashish, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilishga doir qonun hujjatlari mazmun-mohiyati bo'yicha tushuntirishlar berildi.