Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
08
“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi doirasida diniy-ma’rifiy muloqot tashkil etildi

Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida yoshlar bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvning asosiy maqsadi yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘rnatish, ularning huquqiy va ma’naviy bilimlarini oshirish, yoshlarni qiziqtirayotgan masalalarni muhokama qilish hamda turli yot va zararli g‘oyalarning salbiy ta’siridan himoyalanish bo‘yicha zarur tushunchalarni shakllantirishdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuv doirasida “Terrorizm va diniy ekstremizm – davr muammosi” mavzusida diniy-ma’rifiy suhbat tashkil etildi.

Suhbat davomida diniy ekstremizm, radikalizm, terrorizm va turli yot g‘oyalarning mazmun-mohiyati, ularning jamiyat, ayniqsa, yoshlar hayotiga salbiy ta’siri hamda bunday tahdidlarga qarshi kurashishning huquqiy va ma’naviy asoslari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, yoshlarning turli axborot manbalaridan foydalanishda tanqidiy fikrlash, ishonchsiz va zararli axborotlarni farqlash, internet makonida hushyorlikni saqlash, yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolmaslik hamda huquqiy jihatdan to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirish muhimligi ta’kidlandi.

Tadbir davomida terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurashish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan qonunchilik talablari va huquqiy mexanizmlar yuzasidan ham ma’lumotlar berildi.

Uchrashuv ochiq muloqot va savol-javob shaklida davom etdi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mavzu yuzasidan fikr va takliflarini bildirdilar. Mutaxassislar tomonidan ularning savollariga atroflicha javoblar berildi.

Yoshlar bilan muloqot davomida milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, tinchlik va osoyishtalikni qadrlash, qonunlarga rioya qilish, faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish kabi masalalarga ham alohida e’tibor qaratildi.

“Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari yoshlarning fikr va tashabbuslarini bevosita tinglash, ularning muammolarini o‘rganish, huquqiy-ma’rifiy bilimlarini oshirish hamda yosh avlodning jamiyatdagi faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Asosiy maqsad — yoshlarni huquqiy jihatdan savodli, ma’naviy yetuk, tanqidiy fikrlaydigan va turli zararli g‘oyalarga nisbatan mustahkam immunitetga ega shaxslar etib tarbiyalash.

28
“Street Law” loyihasi doirasida yoshlar ishtirokida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

 Yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularni huquqiy savodxon, ijtimoiy faol va mas’uliyatli shaxslar etib tarbiyalash maqsadida huquqiy targ‘ibotning zamonaviy va interaktiv shakllaridan biri bo‘lgan “Street Law” loyihasi doirasida tadbir tashkil etildi.|

Amaliy mashg‘ulotlar: Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan Yuridik texnikum talabalari ishtirokida o‘tkazilgan tadbir davomida yoshlarning huquqiy bilimlarini amaliy mashg‘ulotlar orqali mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.

Hayotiy vaziyatlar tahlili: Tadbir davomida hayotiy voqealarga asoslangan amaliy huquqiy mashg‘ulotlar va muhokamalar tashkil etilib, yoshlarning turli huquqiy vaziyatlarni tahlil qilish va ularga qonunchilik asosida yechim topish ko‘nikmalari shakllantirildi.

Sud jarayoni imitatsiyasi: Sud jarayonlarining taqlidiy ko‘rinishlari tashkil etilib, yoshlarning sud-huquq tizimi faoliyati haqidagi tasavvurlarini boyitish hamda qonunlarga hurmat ruhini mustahkamlashga qaratilgan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Ochiq muloqot: Yoshlarni qiziqtirgan dolzarb huquqiy masalalar yuzasidan savol-javob va ochiq muloqotlar tashkil etilib, mutaxassislar tomonidan tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi.

Mutaxassislar bilan tajriba almashish: Tadbirda notariuslar, advokatlar, huquqshunoslar hamda boshqa soha mutaxassislari ishtirok etib, yoshlar bilan huquqni qo‘llash amaliyoti, kasbiy faoliyat va kundalik hayotda uchraydigan huquqiy masalalar yuzasidan fikr va tajriba almashdilar.

“Street Law” loyihasi doirasidagi bunday amaliy va interaktiv tadbirlar yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish, qonunlarga hurmat ruhini shakllantirish, shuningdek, ularni huquqni qo‘llash amaliyoti bilan yaqindan tanishtirishga xizmat qilmoqda.

24
Mamlakat kelajagi — qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan

Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari S.Tursunov tomonidan Termiz davlat universiteti talabalari bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvda yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, huquq va majburiyatlarini chuqur anglash, qonunlarga hurmat ruhini shakllantirish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Talabalar bilan ochiq muloqot davomida yoshlar o‘rtasida uchrashi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklar, ularning huquqiy oqibatlari va qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Shuningdek, yoshlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar qaytarildi.

Uchrashuvda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni iste’mol qilishning salbiy oqibatlari, narkojinoyatlarning oldini olish hamda bunday noqonuniy xatti-harakatlar uchun belgilangan javobgarlik choralari haqida ham batafsil ma’lumot berildi.

Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarziga amal qilish, zararli odatlardan yiroq bo‘lish hamda turli salbiy ta’sirlarga berilmaslikka chaqirildi.

Uchrashuv yakunida talabalar bilan samimiy va ochiq muloqot davom ettirilib, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan taklif va mulohazalar tinglandi.

Yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari izchil davom ettiriladi.


21
Narkologiya va giyohvandlikka qarshi kurashish bo‘yicha huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi

Sariosiyo tuman adliya bo‘limi va Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan 2026-yil 21-sentabr kuni tumandagi 47-sonli umumta’lim maktabida uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuv davomida yoshlarga O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi O‘RQ-1151-son Qonuni mazmun-mohiyati, shuningdek, yoshlar va xotin-qizlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari hamda psixotrop moddalarni iste’mol qilishning salbiy oqibatlari, narkojinoyatlarning oldini olish va ushbu yo‘nalishdagi qonunchilik hujjatlari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqida xabardorligini oshirish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan tayyorlangan qisqa metrajli videoroliklar namoyish etildi.

Tadbir yakunida yoshlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.

17
Bir kun — bir olam taassurot: yoshlar adliya tizimi faoliyati bilan tanishdi

“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi doirasida Sherobod tumanida yoshlarni kasbga yo‘naltirish, ularning huquqiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirish maqsadida “Adliyada bir kun” loyihasi tashkil etildi.

Tumanning 27-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 11-sinf oʻquvchilar uchun tashkil etilgan loyiha davomida yoshlar adliya organlarining kundalik faoliyati, asosiy vazifalari hamda aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari bilan yaqindan tanishdilar.

Tadbir avvalida adliya organlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda aholining huquqiy savodxonligini oshirish borasidagi ishlar haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, yoshlar kichik guruhlarga bo‘linib, Davlat xizmatlari markazi, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi va FHDY bo‘limlari faoliyati bilan bevosita tanishdilar hamda mutaxassislarning ish jarayonini kuzatdilar.

Kasb haqida o‘qish — bir masala, uni amaliyotda ko‘rish esa butunlay boshqa tajriba. “Adliyada bir kun” loyihasi yoshlarning kasbiy qiziqishlarini aniqlash va kelajakdagi faoliyati haqida tasavvurini kengaytirishga xizmat qildi.

Bir kunlik tashrif — katta tajriba.

10
SUN’IY INTELLEKT VA HUQUQ: KELAJAK SRI MUHIM QADAM

Bugun “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi doirasida Boysun tumanidagi SMART-ID PARK o‘quv markazi va  IT park majmuasi hamda 1-son texnikumlarida  “Sun’iy intellekt bilan kelajak sari” mavzusida yoshlar uchun master-klasslar tashkil etildi.

Tadbirlarda Boysun tuman adliya bo‘limi boshlig‘i N. Mamadiyev va  “UNIKOM SOFT” MChJ tuman filiali boshlig‘i J.Xayrullayevlar ishtirok etishib, IT va sun’iy intellekt yo‘nalishida yoshlar bilan fikrlar almashildi.

Xususan, tadbirlar davomida mas’ullar tomonidan yoshlarga sun’iy intellekt texnologiyalarining asoslari, ularning zamonaviy hayot va kasbiy faoliyatdagi qo‘llanilish imkoniyatlari haqida tushunchalar berildi hamda ChatGPT, Gemini kabi sun’iy intellekt vositalaridan samarali foydalanish, tahliliy hisobotlar, taqdimotlar hamda huquqiy axborot materiallarini tayyorlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar va master-klasslar o‘tkazildi.

Tadbirlar yakunida yoshlarga IT va sun’iy intellekt yo‘nalishida rivojlantirish, zamonaviy kasblarni egallash hamda mavjud ta’lim platformalari va loyihalardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1-son va PQ–2-son qarorlari haqida va kiberjinoyatlar, firibgarlik, o‘g‘irlik, giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlarning oldini olish va ular uchun belgilangan javobgarlik masalalari yuzasidan batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi hamda ularni zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan oqilona foydalanish, innovatsion fikrlashni rivojlantirish hamda mamlakatning raqamli taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga chaqirildi.

Asosiy maqsad – yoshlarning zamonaviy texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, yoshlar o‘z bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish, istiqbolli IT loyihalarni amalga oshirish hamda yaratilayotgan dasturiy mahsulotlarni qonuniy va huquqiy jihatdan himoya qilish imkoniyatlaridan samarali foydalanishga yo‘naltirish.

03
Yoshlarning mualliflik huquqlarini himoya qilish kuni doirasida IT sohasidagi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi

Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A. Ismailov tomonidan Termiz shahrida joylashgan IT Parkda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuv Yoshlarning mualliflik huquqlarini himoya qilish kuni doirasida tashkil etilib, unda dasturlash, axborot texnologiyalari va zamonaviy raqamli texnologiyalar sohasida faoliyat yuritayotgan hamda ushbu yo‘nalishga qiziqish bildirayotgan yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarning intellektual mulk sohasidagi huquqiy bilimlarini oshirish, ular tomonidan yaratilayotgan dasturiy mahsulotlar, raqamli loyihalar va innovatsion ishlanmalarni huquqiy jihatdan muhofaza qilish masalalari bo‘yicha tushuntirishlar berishdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuv davomida yoshlar bilan bugungi kunda axborot texnologiyalari sohasida yaratilayotgan dasturiy mahsulotlar, mobil ilovalar, veb-saytlar va boshqa raqamli ishlanmalarning mualliflik huquqi bilan bog‘liq jihatlari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, mutaxassislar tomonidan mualliflik huquqi, intellektual mulk obyektlarini huquqiy himoya qilish, huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish hamda huquq buzilgan hollarda qonuniy himoya mexanizmlaridan foydalanish tartibi haqida batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi.

Tadbir ishtirokchilariga o‘zlari yaratgan dasturiy mahsulot va IT loyihalarini huquqiy jihatdan himoya qilish, mualliflik huquqini rasmiylashtirish hamda intellektual mulk sohasidagi mavjud elektron xizmatlardan foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda yoshlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berilib, ularning taklif va fikrlari tinglandi. Ayniqsa, yosh dasturchilar tomonidan yaratilayotgan yangi g‘oyalar va raqamli loyihalarning huquqiy himoyasini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir yakunida yoshlar o‘z bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish, istiqbolli IT loyihalarni amalga oshirish hamda yaratilayotgan dasturiy mahsulotlarni qonuniy va huquqiy jihatdan himoya qilish imkoniyatlaridan samarali foydalanishga yo‘naltirildi.

27
 Bugun Boysun tuman adliya bo‘limi tomonidan tumandagi 6-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi negizida tashkil etilgan “Jasorat maktabi”da yoshlar uchun “Mustaqilligimizning 35 yilligi – Yangi O‘zbekiston yoshlari nigohida” shiori ostida “Rahbar va yoshlar u

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi hamda “Payshanba – Yoshlar kuni” munosabati bilan tashkillashtirilib, unda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, bilim salohiyatlarini yuksaltirish hamda ularning kelajakda jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
 
Xususan, tadbirda adliya bo‘limi boshlig‘i N.Mamadiyev so‘zga chiqib, mamlakatimiz mustaqilligining 35 yillik shonli sanasi, yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan yuksak e’tibor va ular uchun yaratilayotgan keng ko‘lamli imkoniyatlar xususida fikr bildirildi.
 
Shuningdek, tadbirga taklif etilgan Boysun tumanidagi “Piramida Himoya” AB advokati ustoz X.Shayimova ham so‘z yuritib, bugungi kunda yoshlarning bilim olishi, kasb-hunar egallashi, ularda kiitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish, o‘z iqtidor va salohiyatlarini namoyon etishlari uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilganligi, har qanday davlatning ertangi kuni uning bugun yosh avlodga berilayotgan  ta’limi bilan chambarchas bog‘liqligi, shu jumladan, yoshlarning zamonaviy bilim olishi, xorijiy tillarni o‘rganishi, ilm-fan va texnologiyalarga qiziqishi, xalqaro ta’lim dasturlarida ishtirok etishi uchun imkoniyatlarning kengayishi mamlakatning kelajakdagi intellektual salohiyatini oshirishi, biroq imkoniyatning o‘zi yetarli emasligi, undan samarali foydalanish ham zarurligi, yosh avlod zimmasida bilim olish, izlanish, yangilik yaratish, Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish kabi katta mas’uliyat borligi hamda mustaqillikning 35 yilligi — ortga qarab, erishilgan natijalardan faxrlanish bilan birga, oldinda hali bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalarni ham anglash davri ekanligi ta’kidlandi.
 
Tadbir davomida yoshlarning fikr va takliflari ham tinglandi va ular o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan savollar berib, ta’lim olish, kasb-hunar o‘rganish, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar va ta’lim sohasiga doir masalalar bo‘yicha muloqot qildilar.
 
“Bitta Vatan, bitta xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostidagi o‘tkazilayotgan bu kabi yubiley tadbirlar ertangi O‘zbekistonning qiyofasini belgilovchi bugungi yoshlarning davlat va jamiyatdagi tutgan o‘rnini mustahkamlash, ularning faol hayotdagi aniq pozitsiyasini shakllantirish va kelgusidagi yangi marralarga ishonch bilan intilishiga xizmat qiladi.

20
“Yoshlar kuni” doirasida Boysun tumanida yosh avlod bilan uchrashuv, ma’rifiy va tarbiyaviy tadbirlar izchil o‘tkazib kelinmoqda.

Jumladan, bugun Boysun tuman adliya bo‘limi tomonidan “Xavfsiz yo‘l – xavfsiz hayot” aksiyasi doirasida tuman IIB YHXG mas’ul xodimlari hamkorligida O‘zbekiston Avtomotohavaskor ko‘ngilli jamiyati “BOYSUN DRIVER CAR” MChJda yoshlar bilan avtotransport vositalarini yo‘l harakati qoidalariga amal qilib boshqarish hamda yo‘l harakati xavfsizligi madaniyatini shakllantirishga qaratilgan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tadbiri tashkillashtirildi.

Xususan, mas’ullar tomonidan ushbu avtomaktabda yoshlarga yo‘l harakati qoidalari, transport vositalarining harakati, yo‘l belgilari va xavfsizlik talablari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, tadbir davomida yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida ularga qabul qilingan qonunchilik hujjatlari, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi va PQ-2-son qarorlari mazmun-mohiyati haqida hamda firibgarlik, o‘g‘irlik, bezorilik va yo‘l harakati qoidalariga rioya etmaslik natijasida yuz beradigan yo‘l-transport hodisalari bilan bog‘liq jinoyatlar hamda ularning oqibatlari, sodir etilishining oldini olish va buning uchun javobgarlik masalalari yuzasidan huquqiy tushunchalar berildi va ularni qiziqtirgan savollarga mas’ullar tomonidan atroflicha javoblar qaytarildi.

13
“RAHBAR VA YOSHLAR”: SAN’AT, MULOQOT VA BAG‘RIKENGLIK UYG‘UNLASHGAN TADBIR

Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i A. Isoqov tomonidan Termiz shahrida joylashgan Madaniyat markaziga tashrif amalga oshirilib, yoshlar bilan mazmunli uchrashuv tashkil etildi.

 “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi doirasida yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish, san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga alohida e’tibor qaratildi.

“San’at – ma’naviyat ko‘zgusi” tadbiri doirasida yoshlar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, ularning ijodiy salohiyati va san’atga bo‘lgan qiziqishi namoyon etildi.

Tadbir davomida madaniyat xodimlari va yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, san’atning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar hamda yoshlarning ijodiy tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Ochiq muloqot jarayonida yoshlar o‘z fikr va takliflarini bildirib, ularni qiziqtirayotgan masalalar yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar.

“Millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik” tamoyillari asosida tashkil etilgan muloqotda turli madaniyat va an’analarga hurmat, yoshlar o‘rtasida do‘stlik va o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Ilmiy-amaliy muloqot va munozara ruhidagi uchrashuv yoshlarning mustaqil fikrlashi, o‘z nuqtayi nazarini erkin ifoda etishi hamda madaniyatlararo muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.

Tadbirning ikkinchi qismida yoshlar va bolajonlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Hayvonot bog‘iga ekskursiya uyushtirildi.

Ekskursiya davomida bolajonlarning quvonchi va samimiy taassurotlariga sherik bo‘linib, ular uchun ko‘tarinki kayfiyat va unutilmas lahzalar yaratildi.

Mazkur uchrashuv yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish, ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qildi.