Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
16
Sariosiyo tumanidagi otaliqqa olingan maktabda amaliy dars mashg‘uloti o‘tkazildi

Sariosiyo tumanidagi otaliqqa olingan 28-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida “Huquq sinfi” da navbatdagi amaliy mashg‘ulot tashkil etildi. 

Mashg‘ulot davomida o‘quvchilarga “Konstitutsiyaviy burchlar, davlat ramzlarini hurmat qilish” mavzusi va “Mehnat huquqi va yoshlar” mavzusi keng yoritildi. Tadbir ishtirokchilari jinoyat sodir etilganida qo‘llaniladigan huquqiy mexanizmlar, yoshlar o‘rtasida uchrayotgan huquqbuzarliklarning oldini olish choralari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishdi.

Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlarni huquqiy madaniyatga yo‘naltirish, huquqbuzarliklarning oldini olish, qonunchilik bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlashdan iborat bo‘lib, kelgusida mazkur yo‘nalishda mavzular doirasini yanada kengaytirib borish rejalashtirilgan.

12
Termiz shahar adliya bo‘limi tomonidan shahardagi adliya otalig‘iga olingan 23-sonli maktab o‘quvchilari ishtirokida “Sud tizimi va sudga murojaat qilish tartibi” mavzusida targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi.

⚖️ Uchrashuv davomida o‘quvchilarga sud tizimining tuzilishi, sudlarning jamiyatdagi o‘rni, adolatli sudlovning ahamiyati hamda fuqarolarning sudga murojaat qilish huquqi haqida tushunarli va hayotiy misollar asosida ma’lumotlar berildi.

 Tadbirda sudga murojaat qilish tartibi, jumladan, sudga ariza yoki da’vo arizasi bilan chiqish, murojaatlarni ko‘rib chiqish bosqichlari, sud majlisida ishtirok etish qoidalari, voyaga yetmagan shaxslarning huquqlari sud orqali qanday himoyalanishi batafsil tushuntirildi.

Shuningdek, sud jarayonida qonuniylikka rioya etish, huquqiy madaniyatni oshirish va nizolarni sud orqali hal etishning afzalliklari alohida ta’kidlandi.

23
Mahallalarda "Zukko kitobxon" tanlovi o‘tkazilishi davom etmoqda

Boysun tuman adliya bo‘limi tomonidan tumandagi "Tillakamar" mahallasida  yoshlar o‘rtasida  “Zukko kitobxon” tanlovi o‘tkazildi.

Shuningdek, tadbir davomida o‘quvchi yoshlarga  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.01.2025-yildagi PQ-1-son “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  qaror haqida hamda bezorilik, firibgarlik, o‘g‘irlik va giyohvandlik va narkojinoyatlar va ularning oqibatlari bo‘yicha huquqiy tushunchalar berildi.

19
Qiziriq tuman adliya bo‘limi tomonidan yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida o‘quvchilar adliya organlarining kundalik faoliyati, hujjatlar bilan ishlash jarayoni, fuqarolarga ko‘rsatiladigan yuridik xizmatlar hamda bo‘limning umumiy vazifalari bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni davlat organlari faoliyatiga qiziqtirish va amaliy tajriba berish maqsadida suhbatlar, savol-javoblar hamda amaliy ko‘rgazmalar o‘tkazildi.

Tadbir o‘quvchilar uchun qiziqarli va foydali bo‘lib, ularda adliya tizimiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.

16
Yoshlar adliya e'tiborida

Termiz tumani adliya bo‘limi tomonidan  yoshlarni huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, ularni hayotda o‘z o‘rnini munosib topish maqsadida, Termiz tumani "Yangiobod" mahallasi hududida joylashgan Qorabayr otlari mahorat maktabida sport tadbirlariga jalb qilindi.

Yoshlar mazkur sport tadbirlariga katta qiziqish bilan ishtirok etishdi, o‘zlarini chavandozdek his qilishib, kelgusida barcha do‘stlari bilan birgalikda to‘garak mashg‘ulotlariga qatnashish istagini bildirishdi.

16
OTALIQQA OLINGAN YOSHLAR ADLIYA E'TIBORIDA

Muzrabot tuman adliya bo'limi tomonidan "Otaliqqa olingan" yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli va samarali o'tkazish maqsadida sportning stol tennisi turi bo‘yicha musobaqa o'tkazildi.

Qizg‘in va murosiz davom etgan bahsda g‘oliblar tuman adliya bo'limining diplom va esdalik sozvg'alari bilan taqdirlandi.

Bu kabi tadbirlar yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ijtimoiy faolligini kuchaytirish hamda jismonan yetuk bo‘lishiga xizmat qiladi.

05
Boysun tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazida Konstitutsiyamizning 33 yilligi munosabati bilan fuqarolarga ID kartalari tantanali tarzda topshirildi.

Boysun tuman adliya bo‘limi DXM tomonidan 4 nafar 16 yoshga to‘lgan bir guruh yosh fuqarolarga shaxsni tasdiqlovchi hujjat — ID kartalari tantanali ravishda topshirildi.

Tadbir Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan yoshlar uchun unutilmas lahzaga aylandi.

07
"Ochiq eshiklar kuni" | "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi | Yoshlar bilan ichki turizm

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasida "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri tashkil etilib, tadbir doirasida yoshlarni qiziqtirgan bir qancha savollariga boshqarma rahbariyati hamda tizim xodimlari tomonidan javob berish barobarida hayotda va kasbiy faoliyatda kerak bo‘ladigan muhim tavsiyalar berildi.

Shuningdek, Tadbirda adliya tizimi tarixi, intellektual mulk huquqlarini himoya qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari ijrosini nazorat qilish, huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish, davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish hamda boshqarmaning boshqa sho‘balari ish faoliyati haqida batafsil ma'lumotlar berildi.

Shundan so‘ng, yoshlar bilan ichki turizm tashkil etilib, Termiz tumanidagi "Al-Hakim At Termiziy' ziyoratgohiga tashrif buyurildi.

03
Sariosiyo tumanida otaliqqa olingan maktabdagi “Huquq sinfi”da amaliyotchi huquqshunoslar tomonidan amaliy dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Sariosiyo tumanidagi otaliqqa olingan 28-sonli maktabida "Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi-asosiy qomusimiz" hamda “Inson huquqlari va burchlari” mavzlarida tuman adliya bo‘limi tomonidan huquq sinfida huquq darslar tashkil etildi.

Darslar davomida 10-11-sinf  oʻquvchilari oʻzlari qiziqtirgan savollariga amaliyotchi huquqshunoslar tomonidan batafsil javoblar olishdi.

Shuningdek, darslarda yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar boʻyicha ham atroflicha maʼlumot berildi.

24
Adliya va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi

✅Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi tomonidan tumandagi umumta'lim maktablari, jumladan "Huquq sinfi"da "Tengdoshimga huquqiy yordam" shiori ostida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

✅Tadbirda yoshlarning huquqiy savodxonligini mustahkamlash, ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan muhim tushuncha va ko‘rsatmalar berildi.

????Shuningdek, qonunchiligimizdagi o‘zgarishlar, xususan inson huquqlarini himoya qilish, Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish,  yoshlarga berilgan imkoniyat va imtiyozlar to‘g‘risida yoshlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.