Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
23
2026-yil 23-iyun kuni Termiz tuman Axborot-kutubxona markazida Termiz tuman adliya bo‘limi xodimlari ishtirokida “Mening birdan-bir ko‘ngil ochadigan narsam – kitob” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida kitob mutolaasining inson ma’naviyati, dunyoqarashi va tafakkurini yuksaltirishdagi o‘rni haqida atroflicha fikr almashildi. Ishtirokchilarga kitobxonlik madaniyatini oshirish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini keng targ‘ib etish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Shuningdek, adliya bo‘limi xodimlari O‘lkashunoslik muzeyi faoliyati, tarixiy merosimiz va kitob ko‘rgazmalari bilan tanishib, muzeyning Esdalik kitobida o‘z minnatdorchiliklarini qoldirdilar.

Mazkur tadbir kitobxonlikni targ‘ib qilish, yoshlarning ma’naviy kamolotiga hissa qo‘shish hamda kitobga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.

22
Jarqoʻrgʻon tuman adliya bo‘limi amaliy yordami bilan fuqaroning farzandiga tug‘ilganlik haqida guvohnoma rasmiylashtirib berildi.

Jarqoʻrgʻon tumani Ismoiltepa mahallasida yashovchi fuqaro X.Gayirovaning 2010-yil 25-iyunda tugʻilgan farzandi A.Ruzikulovga tugʻilganlik haqida guvohnoma olish bilan bogʻliq murojaati adliya bo‘limi tomonidan oʻrganildi.

Ko‘rilgan huquqiy choralar natijasida voyaga yetmagan shaxsning tug‘ilganligi belgilangan tartibda qayd etilib, unga tug‘ilganlik haqida guvohnoma rasmiylashtirib berildi.
Fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.

19
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2026-yil 25-maydagi 192-um-son buyrug‘i asosida o‘tkazilayotgan “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida Sariosiyo tuman adliya bo‘limi tomonidan 2026-yil 18-iyun kuni tumanda

Tadbir davomida maktab o‘quvchilariga qonunchilikda belgilangan imtiyozlar, Prezidentimizning 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarorining mazmun-mohiyati, shuningdek firibgarlik va kiberxavfsizlik yo‘nalishidagi muhim huquqiy axborotlar berildi.

Mazkur muloqot yoshlarning huquqiy ongini va intellektual salohiyatini oshirishga, shuningdek rahbarlar va yoshlar o‘rtasida ochiq muloqot maydonini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

18
YOSHLAR UCHUN “OCHIQ ESHIKLAR KUNI” TADBIRI O‘TKAZILDI

Adliya vazirligining Surxondaryo viloyati bo‘yicha 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan Sohaviy faoliyat rejasi hamda “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida Bandixon tuman adliya bo‘limida 2026-yil 18-iyun kuni yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” va “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tadbirlari tashkil etildi

Tadbir davomida ishtirokchilar adliya bo‘limining faoliyati, tarkibiy tuzilmalari hamda adliya organlarining asosiy vazifalari bilan tanishtirildi

Ularga huquqiy xizmatlar va fuqarolar huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlar haqida ma’lumotlar berildi

Tadbirda tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan yoshlarga muvafaqqiyatli tadbirkor bilan uchrashuvi tashkil etilib, bir necha nafar yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini boshlash bo‘yicha rejalari tinglanib, ularga qonunchilikda berilgan imtiyozlar haqida huquqiy tushuntirishlar berildi

17
Denov tuman adliya bo‘limi tomonidan “Bolalar va yoshlar” aksiyasi doirasida navbatdagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Bugun Denov tumanidagi 2-son kasb-hunar texnikumida yoshlar bilan uchrashuv hamda mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Tadbir davomida yoshlar o‘z qiziqishlari va mutaxassisliklariga mos bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlari bilan yaqindan tanishib, ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Shuningdek, ishtirokchilarga so‘nggi vaqtlarda qabul qilingan qonunlar hamda qonunosti hujjatlarining mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berilib, yoshlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar taqdim etildi.

Tadbirda Denov tuman Bandlikka ko‘maklashish bo‘limi, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi hamda boshqa hamkor tashkilotlar mas’ullari ishtirok etib, yoshlarning bandligini ta’minlash va huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasidagi fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar.


11
Bitiruvchilar uchun imkoniyat: Sherobod tumanida boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi tashkil etildi!

Sherobod tuman adliya boʻlimi hamda Sherobod tuman kambağallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi xodimlari hamkorligida Sherobod tuman 1-sonli texnikumida bitiruvchilar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Tadbirda tumandagi qator korxona va tashkilotlar oʻzlarining boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etishdi.
Yarmarka davomida bitiruvchi yoshlarga:

Mavjud boʻsh ish oʻrinlari va mehnat sharoitlari tanishtirildi;
Mutaxassislar tomonidan mehnat qonunchiligi boʻyicha huquqiy tushuntirishlar berildi;
Oʻz biznesini boshlamoqchi boʻlgan yoshlarga imtiyozli kreditlar va subsidiyalar haqida maʼlumot berildi.

Yarmarka yakunida koʻplab yoshlar oʻzlari munosib koʻrgan yoʻnalishlar boʻyicha ish beruvchilar bilan dastlabki kelishuvlarga erishdilar. Yoshlarimizning kelgusi ishlariga muvaffaqiyat tilaymiz!

10
Bitiruvchilar uchun imkoniyat: Termiz tumanida boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi tashkil etildi!

Termiz tuman adliya boʻlimi hamda Termiz tuman kambağallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi xodimlari hamkorligida Termiz tuman kasb-hunar texnikumida bitiruvchilar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Tadbirda tumandagi qator korxona va tashkilotlar oʻzlarining boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etishdi.
Yarmarka davomida bitiruvchi yoshlarga:

Mavjud boʻsh ish oʻrinlari va mehnat sharoitlari tanishtirildi;
Mutaxassislar tomonidan mehnat qonunchiligi boʻyicha huquqiy tushuntirishlar berildi;
Oʻz biznesini boshlamoqchi boʻlgan yoshlarga imtiyozli kreditlar va subsidiyalar haqida maʼlumot berildi.

Yarmarka yakunida koʻplab yoshlar oʻzlari munosib koʻrgan yoʻnalishlar boʻyicha ish beruvchilar bilan dastlabki kelishuvlarga erishdilar. Yoshlarimizning kelgusi ishlariga muvaffaqiyat tilaymiz!

01
1 iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

1 iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Jarqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi tomonidan tashkil etilgan bayram tadbirida ishtirok etildi.


Tadbir davomida bolalar hamda ularning ota-onalariga bolalar huquqlari, ular uchun davlat tomonidan yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar, shuningdek, qonunchilikda belgilangan huquq va kafolatlar haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shu bilan birga, ishtirokchilarga bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga oid huquqiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan targ‘ibot materiallari tarqatildi.

Tuman adliya bo‘limi tomonidan aholi, ayniqsa, yosh avlodning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari izchil davom ettiriladi.

25
JARQO‘RG‘ON TUMANIDA “SO‘NGGI QO‘NG‘IROQ” TADBIRI O‘TKAZILDI

2026-yil 25-may kuni tumandagi umumta’lim maktablarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari yuqori saviyada tashkil etildi.

Jumladan, Jarqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limiga biriktirilgan 18-sonli umumta’lim maktabida o‘tkazilgan tantanali tadbirda adliya bo‘limi xodimlari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bitiruvchi yoshlarga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi hamda bitiruvchilarga kelgusi hayot yo‘llarida muvaffaqiyat va ulkan zafarlar tilandi.

 Tadbir yoshlarni Vatanga sadoqat, yuksak maqsadlar sari intilish va yangi marralarni zabt etishga ruhlantirdi.

20
Surxondaryo viloyati Adliya boshqarmasi hamda Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida Yuridik texnikum talabalari va pedagoglari ishtirokida “Men va tengdoshlarim — kibertahdidlarga qarshi birgalikda kurashamiz” shiori ostida tadbir tashkil etildi.

Surxondaryo viloyati Adliya boshqarmasi hamda Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida Yuridik texnikum talabalari va pedagoglari ishtirokida “Men va tengdoshlarim — kibertahdidlarga qarshi birgalikda kurashamiz” shiori ostida “Kiberxavfsizlik gigiyenasi kuni” tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida yoshlar o‘rtasida axborot xavfsizligi madaniyatini oshirish, internet tarmog‘idan xavfsiz foydalanish hamda kibertahdidlar va internet firibgarligidan himoyalanish bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Mutaxassislar tomonidan shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, ijtimoiy tarmoqlardagi xavfsizlik qoidalariga rioya etish va elektron qurilmalardan to‘g‘ri foydalanish yuzasidan tavsiyalar taqdim etildi.

Shuningdek, ishtirokchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi hamda kiberjinoyatchilikning oldini olishda yoshlarning hushyorligi muhim ekani alohida ta’kidlandi.