Davlatimiz tomonidan yoshlarning bo‘sh vaqtiga mazmun olib kirish ustuvor vazifa sifatida belgilab olingan bo‘lib, hozirda yoshlar bilan ishlashning mahalla-tuman-viloyat-respublika tizimi yaratildi.
Shu o‘rinda Adliya vazirligi rahbariyati tomonidan muntazam ravishda yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etib borilmoqda.
Jumladan, joriy yilning 16-yanvar kuni adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev Angor tumanida yoshlar bandligini ta’minlash, sifatli ta’lim bilan qamrab olish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida yo‘lga qo‘yilgan shtab faoliyati a’zolari, sektor rahbarlari va yoshlar bilan uchrashdi.
Yig‘ilishda ko‘makka muhtoj “og‘ir” toifadagi yoshlar bilan ishlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, tadbir davomida ishtirokchilarga diniy ekstremizm, terrorizm, korrupsiyaviy jinoyatlar tushunchasi hamda mazkur jinoyatlarni sodir qilishning huquqiy oqibatlar xususida ham ma’lumotlar berilib, targ‘ibot materiallari va Konstitutsiya kitoblari tarqatildi.
Joriy yil 15-dekabr kuni Adliya vaziri A. Toshqulov hududiy adliya organlarida mehnat faoliyatini olib borayotgan faol yosh mutaxassislar bilan uchrashdi.
Maqsad – iqtidorli yosh xodimlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularda tizimga bo‘lgan sadoqat va fidoiylik qadriyatlarini shakllantirish, ularning xizmatga moslashuvini, kasbiy rivojlanish jarayonlarini tezlashtirish, yuqori tajribaga ega malakali xodimlarning ish amaliyoti bilan yaqindan tanishishtirish hamda tajriba almashish amaliyotini yo‘lga qo‘yishdir.
Uchrashuvda Adliya vaziri tomonidan tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar, bunda yoshlarning alohida o'rni va ishtiroki muhimligi ta’kidlandi.
Yosh mutaxassislar tomonidan faoliyatni yanada takomillashtirish va ularni qo'llab-quvvatlash yuzasidan taklif va tashabbuslari tinglanib, mehnat faoliyati unumdorligini oshirish, ulkan maqsadlarga erishish yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi.
Shuningdek, yosh xodimlar vazirlikda yaratilgan shart-sharoitlar, tarkibiy bo'linmalarining ish faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.
Bundan tashqari, ular "Adliya organlari tarixi muzeyi", "Media markazi"da ham bo‘lib, O'zbek Milliy akademik drama teatrida ma'naviy hordiq chiqarishdi.
Strategiya mazmun-mohiyatini yoshlar orasida keng targ‘ib qilish maqsadida viloyat adliya boshqarmasi bosh maslahatchisi Q.Ulug‘ov ishtirokda Toshkent tibbiyot akdemiyasining Termiz filiali talabalari ishtirokida viktorina o‘tkazilib, strategiya mazmun-mohiyati nafaqat nazariy, balki amaliy misollar bilan tushuntirib o‘tildi.
Tadbirlar reja-grafiklarga asosan butun viloyat bo‘ylab o‘tkazib kelinmoqda, xususan, shu kabi tadbirlardan navbatdagisi Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida tashkil qilindi.
Jumladan, Strategiyada tibbiy yordamga muhtoj aholining 70 foiz murojaatlarini birlamchi bo‘g‘inning o‘zida hal etishga erishish, chaqaloqlarda irsiy kasalliklar bo‘yicha selektiv skrining tekshiruvlar qamrovini kamida 50 foizga oshirish, tug‘ruq o‘rinlari sonini 35 foizga oshirish hamda yuqumli bo‘lmagan kasalliklarni erta aniqlash darajasini 70 foizga yetkazish belgilangan.
❇️ Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman madaniyat va turizm bo‘limi binosida tumandagi mahallalarda faoliyat olib boruvchi yoshlar yetakchilarining huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida ular faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-seminari o‘tkazildi.
❇️ Shuningdek, aksiya doirasida Oltinsoy tuman adliya bo‘limi DXM tomonidan tumanning “Xalqobod” va “Xayrandara” mahallalarida, Sho‘rchi tuman adliya bo‘limi DXM tomonidan tumanda joylashgan 12-sonli MTTda, Bandixon tuman adliya bo‘limi DXM tomonidan tumanning “Paxtakor” mahallasida sayyor davlat xizmatlari tashkil etildi.
❇️ Tashkil etilgan tadbirlar davomida 100 dan ortiq fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilib, ishtirokchilarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishga oid reglamentlar talablari, davlat xizmatlarini ko‘rsatishga oid yangiliklar bo‘yicha ham tushuntirishlar berildi.
⚡️ Surxondaryo viloyati Adliya boshqarmasi va Yoshlar ishlari agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi hamkorligida Termiz shahar san’at saroyida "Konstitutsiya-kelajagimiz kafolati" shiori ostida huquqiy aksiya tashkil etildi.
➡️ Tadbirga tashrif buyuruvchilar nafaqat yangilanayotgan Konstitutsiyamizda belgilangan asosiy o‘zgartish va qo‘shimchalar mazmun-mohiyati bilan, balki favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda ishlatiladigan vositalar, milliy hunarmandchilik turlari bilan ham tanishishdi.
✅ Badiiy jamoalarning chiqishlari tadbirga bayramona ruh bahsh etgan bo'lsa, sayyor qabullarda fuqarolarning huquqiy masalalariga yechim izlandi, sayyor davlat xizmatlari va notarial xizmatlar ko‘rsatilib, huquqiy sohalarga oid turli savollarga malakali mutaxassislar tomonidan asoslantirilgan javoblar berildi.
✅ Tadbir davomida ishtirokchilar o‘rtasida " Huquqiy viktorina" ham o‘tkazilib, g‘oliblar boshqarma tomonidan esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.
✅ Aksiya yakuni kuy-qo‘shiqlarga ulanib, estrada xonandalari tomonidan turli diltorlar navolar kuylandi.
Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filialida “11-fevral - ”Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni“ munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda boshqarma mas’ul xodimi Quvondiq Ulug‘ov ishtirok etib, ishtirokchilarga vasiyatnoma rasmiylashtirishning afzaliklari, merosni rasmiylashtirish va merosni ochish bilan bogʻliq qonunchiligimizda belgilangan tartiblar, qonunchiligimiz bilan talaba yoshlar va xotin-qizlar uchun belgilangan imtiyozlar, ma’muriy islohotlar hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-iyundagi 402-sonli qarori mazmun-mohiyati bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
✅ Eslatib o‘tamiz: 2023-yilning 10-fevralidan 10-martgacha Adliya vazirligi tomonidan oilalarda meros bilan bogʻliq nizolarning oldini olish, shuningdek fuqarolarning mol-mulkka boʻlgan huquqlarini taʼminlash, ularning bu sohadagi huquqiy bilimlarini yanada oshirish maqsadida “Vorislik huquqi“ aksiyasi oʻtkaziladi.
⚡️ Denov tuman adliya bo'limi tashabbusi bilan Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-maydagi 259-son “2022-2023-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo'yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to'g'risida”gi qarori ijrosini ta'minlash yuzasidan 2022-yilda jinoyat sodir qilinishi surati oshgan tumandagi Bog'i eram mahallasida tuman oila va xotin qizlar bo'limi, maxalla fuqarolar yig'ini raisi, xotin qizlar faoli, IIB profilaktika inspektori, hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisi jalb qilingan holda huquqiy madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan targ'ibot tadbiri tashkil qilindi.
Joriy yilning 6-dekabr kuni Yoshlar ishlari agentligi Qiziriq tumani bo'limi, tuman Adliya bo'limi va Xalq ta'lim bo'limi bilan hamkorligida tumandagi 12-sonli Musiqa va sa'nat maktabining faollar zalida "Yoshlar va qonun" Respublika huquqiy tanlovining Qiziriq tuman bosqichi o‘tkazildi.
Tanlovning yakuniy natijasiga ko‘ra:
✅14-18 yosh toifasida
???? "Femida" jamoasi
????"Humo" jamoasi
????"Yoshlar" jamoalari g'oliblikni qo'lga kiritishdi.
G'olib va sovrindorlar Yoshlar ishlari agentligi tuman bo'limi tomonidan maxsus diplom va vaucherlar bilan taqdirlandi.
Unda talaba yoshlarga erta nikohning oldini olish, yosh oilalar va talabalar uchun qonunchiligimizda belgilangan imtiyozlar, shuningdek, firibgarlik va odam savdosi jinoyati qurboni bo’lib qolmaslik, korrupsiyaning davlat va jamiyat rivojidagi jiddiy to'siq bo'luvchi illat ekanligiga oid hamda davlat xizmatlarini ko'rsatishga oid qonunchilikda belgilangan talablar va boshqa qonun hujjatlari mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.
Mazkur tadbirdan ko'zlangan asosiy maqsad yoshlar o'rtasida huquqiy nigilizm holatlarini bartaraf qilish, ularda huquqbuzarliklarning jamiyat va davlat taraqqiyoti uchun salbiy illat ekanligiga oid dunyoqarashni shakkllantishdan iborat.
⚡️ Bandixon tuman adliya bo‘limi tomonidan jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi bilan hamkorlikda voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish, odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashga oid qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiaytini tushuntirish maqsadida maktab o‘quvchilari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur tadbirdan ko'zlangan asosiy maqsad yoshlar o'rtasida huquqiy nigilizm holatlarini bartaraf qilish, ularda huquqbuzarliklarning jamiyat va davlat taraqqiyoti uchun salbiy illat ekanligiga oid dunyoqarashni shakkllantishdan iborat.