Joriy yilning 6-dekabr kuni Yoshlar ishlari agentligi Qiziriq tumani bo'limi, tuman Adliya bo'limi va Xalq ta'lim bo'limi bilan hamkorligida tumandagi 12-sonli Musiqa va sa'nat maktabining faollar zalida "Yoshlar va qonun" Respublika huquqiy tanlovining Qiziriq tuman bosqichi o‘tkazildi.
Tanlovning yakuniy natijasiga ko‘ra:
✅14-18 yosh toifasida
???? "Femida" jamoasi
????"Humo" jamoasi
????"Yoshlar" jamoalari g'oliblikni qo'lga kiritishdi.
G'olib va sovrindorlar Yoshlar ishlari agentligi tuman bo'limi tomonidan maxsus diplom va vaucherlar bilan taqdirlandi.
Unda talaba yoshlarga erta nikohning oldini olish, yosh oilalar va talabalar uchun qonunchiligimizda belgilangan imtiyozlar, shuningdek, firibgarlik va odam savdosi jinoyati qurboni bo’lib qolmaslik, korrupsiyaning davlat va jamiyat rivojidagi jiddiy to'siq bo'luvchi illat ekanligiga oid hamda davlat xizmatlarini ko'rsatishga oid qonunchilikda belgilangan talablar va boshqa qonun hujjatlari mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.
Mazkur tadbirdan ko'zlangan asosiy maqsad yoshlar o'rtasida huquqiy nigilizm holatlarini bartaraf qilish, ularda huquqbuzarliklarning jamiyat va davlat taraqqiyoti uchun salbiy illat ekanligiga oid dunyoqarashni shakkllantishdan iborat.
⚡️ Bandixon tuman adliya bo‘limi tomonidan jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi bilan hamkorlikda voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish, odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashga oid qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiaytini tushuntirish maqsadida maktab o‘quvchilari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur tadbirdan ko'zlangan asosiy maqsad yoshlar o'rtasida huquqiy nigilizm holatlarini bartaraf qilish, ularda huquqbuzarliklarning jamiyat va davlat taraqqiyoti uchun salbiy illat ekanligiga oid dunyoqarashni shakkllantishdan iborat.
-Targ`ibot tadbirda yangi qabul qilinayotgan qonunlarning mazmun mohiyati,
-“Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini zamonaviy raqamli texnologiyalar yordamida soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori,
-Hukumat qarori bilan Aliment to‘lovlari jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom,
- “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish va boshqaruvchi tashkilotlarni moliyaviy sog‘lomlashtirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori,
-“Soliq maslahatiga oid faoliyat to‘g‘risida”gi Qonuni,
-“Shaxmatni yanada ommalashtirish va rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori ,
- O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida” Qonuni
- Hukumat qarori bilan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomi
-“2022-2023 yillarda jamiyatda huquqi madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 259-sonli qarori bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturining 1-76-bandlari bilan belgilangan qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati va ahamiyati, normativ-hujjatlarning ijrosi yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Joriy yilning 9-iyun kuni adliya boshqarmasi xodimlari Q.Ulug‘ov, Sh.Tilovov, S.Yuldashevalar ishtirokida Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filialida navbatdagi huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. O‘tkazilgan davra suhbati davomida qonunchiligimiz bilan talaba yoshlarga ta’lim va boshqa sohalarda berilayotgan imtiyozlar, qonunchilikdagi so‘nggi o‘zgartish va qo‘shimchalar, davlat xizmatlaridan elektron tartibda foydalanish mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Tadbir davomida talabalar “talaba ishlashi mumkinmi?”, “magistratura bosqichida o‘qimoqchi bo‘lgan xotin-qizlarga joriy yildan qanday imtiyozlar qo‘llanadi?” va shu kabi huquqiy savollariga asoslantirilgan javoblar oldilar.
Mazkur tadbirdan ko'zlangan asosiy maqsad yoshlar o'rtasida huquqiy nigilizm holatlarini bartaraf qilish, ularda huquqbuzarliklarning jamiyat va davlat taraqqiyoti uchun salbiy illat ekanligiga oid dunyoqarashni shakkllantishdan iborat.
Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi talabalari bilan uchrashdi
Bugun adliya vaziri R.Davletov Surxondaryo viloyati yuridik texnikumning oʻqish jarayonlari, oʻqituvchi va oʻquvchilar uchun yaratilan shart-sharoitlar, moddiy-texnik bazasining taʼminlanganlik darajasi bilan yaqindan tanishdi hamda oʻquvchi yoshlar bilan muloqotda boʻldi.
Yuridik texnikumi xodimlari, oʻquvchi-yoshlari ishtirokida oʻzaro samimiy suhbat tarzida oʻtgan uchrashuvda vazir oʻquvchilarning qiziqishlari va maqsadlari bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, ularning qaysi muassasada amaliyot oʻtashni rejalashtirgani va bu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan manzilli ishlar yuzasidan topshiriqlar berildi. Shu bilan birga oʻtilayotgan fanlar va amaliyot bilan uygʻun boʻlishi kerakligini taʼkidladi.
Boʻlib oʻtgan uchrashuvda oʻquvchilar oʻzlarini savollarga bevosita vazirning oʻzidan javoblar olishdi.
"Adliya sayli" davomida adliya boshqarmasi rahbariyati hamda Huquqni muhofaza qiluvchi organlar ishtirokida fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etildi!
Shu bilan birga yoshlar o'rtasida Viktorina ham o'tkazildi. Ta'lim tizimi va tibbiyot xodimlariga aksiya doirasida huquqiy tushuntirishlar berilmoqda.
Joriy yilning 4 dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29 yilligi munosabati bilan "Sportni sev, sport bilan yasha" shiori ostida sportning basketbol turi bo'yicha "Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasining kubogi" uchun Surxondaryo viloyat birinchiligi bo'lib o'tdi.
Mustaqillik yo’lida dadil borayotgan O’zbekistonning bugungi kunda yoshlarni qo’llab-quvvatlash, ularda ma’naviy qadriyatlarni tiklash va Vatanga sadoqat tuyg’ularini o’stirishda ulkan tadbirlar olib borilmoqda. Shu jumladan, Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi hamda tuman (shahar) adliya bo’limlarida ham yosh xodimlarni qo’llab-quvvatlash, ular o’rtasida ustoz-shogird an’analarini rivojlantirish borasida ko’plab ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.
Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги Фаҳрийлар кенгаши раиси Э.Шерматов, Сурхондарё вилоят адлия бошқармаси бошлиғининг биринчи ўринбосари С.Абдурасулов, вилоят адлия бошқармаси Фахрийлар кенгаши раиси, ТерДУ юридик факултети талабари ҳамда Юридик техникум ўқувчилари иштирокида 1 октябрь “Устоз ва мураббийлар” куни муносабати билан “Уч авлод” учрашуви бўлиб ўтди.