Yangiliklar
Qiziriq tuman adliya bo‘limi tomonidan “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi o‘tkazildi.
Aksiya doirasida tumandagi 41-sonli maktabning tarbiyachi va pedagoglari ishtirokida huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda, zo‘ravonlik turlari, xotin-qizlar tazyiq va zo'ravonlikdan qanday himoyalanish mumkinligi haqida batafsil tushunchalar berildi.
Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan tadbir tashkil etildi.
Tadbir doirasida Oltinsoy tumanadliya bo‘limi boshlig‘i M. Omonov o‘quvchilar bilan Konstitutsiya va uning jamiyat hayotidagi ahamiyati haqida davra suhbati o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida o‘quvchilarga asosiy qonunimizning mazmun-mohiyati, unda belgilangan fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda ularning kafolatlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Surxondaryoda Adliya vazirligi va TDYU tashabbusi bilan tashkil qilingan “Targ'ibot poyezdi"Angor tumanida tashkil etilgan "Huquq sinfi"ga tashrif buyurdi
????Angor tumani 21-sonli maktabda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan “Targ'ibot poyezdi” aksiyasi davom etmoqda.
❗️Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahririda mustahkamlangan eng muhim prinsiplar haqida batafsil ma’lumot berildi.
???? Tadbir davomida o‘quvchi-yoshlarning Konstitutsiya borasidagi bilimlarini yanada mustahkamlash maqsadida interaktiv viktorina tashkil etildi. Ishtirokchilar savollarga faollik bilan javob berib, o‘z bilim va dunyoqarashini namoyon qildilar. Eng yaxshi natija ko‘rsatgan o‘quvchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
✔️Aksiya joriy yilning 3-dekabr kuniga qadar joylarda davom etadi.
???? Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi
#Adliya_xabari
???? Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan Surxondaryo suv ta'minoti aksiyadorlik jamiyati xodimlari ishtirokida huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
✅ Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan, Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, xususan, unda o‘quvchi yoshlar uchun belgilangan huquq va majburiyatlar haqida batafsil tushunchalar berildi.
Bugungi globallashuv va tezkor axborot davrida bolalar va yoshlarning huquqlarini ta’minlash, ularni har qanday xavf va kamsitishlardan himoya qilish davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan biridir. Zero, bola — jamiyat kelajagi, yoshlar esa mamlakat taraqqiyotining kuchli tayanchidir.
Termiz shahar adliya bo`limi tomonidan shaharning 26-maktabida “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida targ`ibot tadbirlari va ochiq dars mashg`ulotlari o`tkazdi.
Tadbir davomida Termiz shahar adliya bo'limi tomonidan bolalar xavfsizligini ta’minlash va yoshlarning huquqiy ongini mustahkamlashga qaratilgan darslar o`tkazildi.
Mazkur loyiha doirasida Termiz davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish, yangilangan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar yuzasidan targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi.
Savol-javoblarga boy va mazmunli tarzda tashkil qilingan tadbirda o'quvchilar o‘z savollariga batafsil javoblar olishdi.
Shuningdek, “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirishga oid turli interfaol o‘yinlar, viktorinalar tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan hamda Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimida 2025-yilda
o‘tkaziladigan “timbilding” tadbirlar dasturiga asosan, Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tizim xodimlari orasida sportning mini-futbol turi bo‘yicha "Boshqarma boshlig‘i kubogi" o‘tkazildi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bahsda g‘olib jamoa qo‘shimcha bo‘limlar natijasida aniqlandi.
✅1-o‘rin: Jarqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi jamoasi;
✅2-o‘rin: Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi jamoasi;
✅ 3-o‘rin: Muzrabot tuman adliya bo‘limi jamoasi.
#konstitutsiya
#davra_suhbati
Surxondaryo viloyat prokuraturasi va viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Termiz davlat universitetida “Korrupsiyadan holi yangi O’zbekiston uchun birlashaylik” hamda “Konstitutsiya - inson qadri, erkinlik tinchlik, adolat garovi” mavzularida davra suhbati o’tkazildi.
Tadbirda viloyat prokraturasi va adliya boshqarmasi mas’ullari tomonidan mavzuga oid ma’ruzalar o’qildi. Tadbirda fakultet professor o’qituvchilari va talaba yoshlari faol ishtirok etishdi.
Tadbir doirasida yoshlarni qiziqtirgan bir qancha savollarga boshqarma rahbariyati hamda tizim xodimlari tomonidan javob berish barobarida hayotda va kasbiy faoliyatda kerak bo‘ladigan muhim tavsiyalar berildi.
✅Shuningdek, "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri doirasida yoshlarning siyosiy-huquqiy savodxonligini oshirish borasida amalga oshirilgan va oshirilayotgan ishlar, xususan adliya tizimi tarixi, intellektual mulk huquqlarini himoya qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari ijrosini nazorat qilish, huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish, davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish hamda boshqarmaning boshqa sho‘balari ish faoliyati haqida batafsil ma'lumotlar berildi.
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Roziqov rahbarligida Termiz tumani "Yangi shahar" mahallasida aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun kengaytirilgan tartibda sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida, 40 dan ortiq fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Natijasiga ko‘ra, 31 nafar fuqarolarning murojaatlariga huquqiy tushuntirish berilgan bo‘lsa, 20 dan ortiq fuqarolarning bepul tibbiy ko‘rik, davlat xizmatlari ko‘rsatilishi bilan bog‘liq murojaatlari shu joyning o‘zidayoq ijobiy hal etildi.
Shuningdek, 6 nafar fuqarolarning murojaati o‘rganib chiqish muddat talab etganligi sababli ish yurituvga qabul qilinib alohida nazoratga olindi.
Tadbir davomida, aholining bandligini ta'minlash maqsadida mehnat yarmarkasi tashkil etilib, tumandagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan bog‘liq e'onlar qabulda ishtirok etgan keng aholi qatlamiga tanishtirildi.