Tadbir doirasida “Amir Temur merosi va zamonaviy huquqiy davlat” hamda “Bolalar huquqi” mavzularida interaktiv mashg‘ulotlar o‘tkazilib, o‘quvchilar bilan savol-javoblar va qiziqarli muhokamalar olib borildi.
Darslarda bolalarning hayoti, sog‘lig‘i, sha’ni va qonun bilan himoya qilinadigan huquqlari haqida tushunchalar berilib, huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik targ‘ibot ishlari amalga oshirildi.
Shuningdek, yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, bolalar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishga oid tarqatma materiallar taqdim etildi.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy etilgan “Yoshlar kuni” doirasida Surxondaryo viloyatida yoshlar bilan manzilli ishlashning yangi mexanizmlari asosida uchrashuvlar izchil tashkil etilmoqda.
????Xususan, umumta’lim maktabi o‘quvchilari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda yoshlar o‘rtasida yo‘l harakati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
????Shuningdek, ichki ishlar organlari hamda avtomaktablar hamkorligida tashkil etilgan tadbirlarda yoshlarga yo‘l harakati qoidalari, transport vositalari harakati, yo‘l belgilari va xavfsizlik talablari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
????Tadbirlar davomida ochiq muloqot tashkil etilib, yoshlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berilmoqda.
???? Mazkur uchrashuvlar yoshlarda yo‘l harakati madaniyatini yuksaltirish, ularning huquqiy ongi va mas’uliyatini oshirishga xizmat qilmoqda.
“Rahbar va yoshlar uchrashuvi” loyihasi doirasida viloyat adliya boshqarmasi, tuman va shahar adliya bo‘limlari tomonidan joylarda targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida yoshlarga yangi qabul qilingan qonunlar bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berilib, ularga harbiy texnika va anjomlar ko‘rgazmasi, badiiy chiqishlar hamda ma’naviy-ma’rifiy teatr tomoshasi namoyish etildi.
Ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuv yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qildi.
Mazkur uchrashuvda mas’ullar tomonidan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning qiziqtirgan savollariga atroflicha javob berildi.
Bu esa yoshlarning harbiy soha, Vatanga xizmat qilish sharafi va mas’uliyati haqidagi tasavvurlarini yanada boyitdi.
Sariosiyo tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan tumandagi 28-sonli umumta’lim maktabi yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida tarbiyaviy dars mashg‘uloti o‘tkazildi.
Dars davomida o‘quvchilarga korrupsiya tushunchasi, uning salbiy oqibatlari hamda jamiyat taraqqiyotiga ko‘rsatadigan ta’siri haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, yoshlar o‘rtasida halollik, adolat va qonunlarga hurmat ruhini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir yakunida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olib, mavzu yuzasidan fikr almashdilar.
Huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish yo‘lidagi bunday tadbirlar yosh avlodni halol va mas’uliyatli shaxs sifatida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Yurtimizda har payshanba “Yoshlar kuni” kuni munosabati bilan Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i A. Isoqov tashabbusi bilan Janubiy-g‘arbiy maxsus harbiy okrug harbiy qismida “Adliya va yosh harbiy xizmatchilar uchrashuvi” tashkil etildi.
Uchrashuvda Prezidentimizning 07.04.2026 yildagi “Qurolli Kuchlar tizimida respublika kitobxonlik tanlovini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-128-son qarori mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi.
Shuningdek, yosh harbiy xizmatchilarga bugungi kunida yoshlar uchun yaratilgan imkoniyat va shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbir yakunida yosh harbiy xizmatchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar qaytarildi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga, shuningdek, ularni kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
Bandixon tuman adliya bo‘limi boshlig‘i V. Nazarov tashabbusi bilan tumandagi 35-son umumta’lim maktabida o‘quvchi yoshlar uchun ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan “Buyuk Temur” nomli hujjatli film namoyish qilindi. Film orqali yoshlarda milliy g‘urur, tarixga hurmat va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada yuksaltirish maqsad qilindi.
Namoyishdan so‘ng o‘quvchi yoshlarning film yuzasidan fikr-mulohazalari va qiziqishlari tinglanib, ular bilan samimiy va ochiq muloqot o‘tkazildi. Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, tarixiy shaxslardan ibrat olish, Vatanga sadoqat ruhida kamol topish zarurligi haqida fikr almashdilar.
Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on, Sho‘rchi va Uzun tuman adliya bo‘limlari tomonidan tegishli tashkilot va davlat idoralari bilan hamkorlikda “Ma’naviy-ma’rifiy, madaniy va ommaviy sport tadbirlari” yuqori saviyada tashkil etilmoqda.
Ushbu tadbirlar yoshlar o‘rtasida milliy qadriyatlarga hurmat, sog‘lom turmush tarziga intilish hamda vatanga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Bu kabi tashabbuslar yosh avlodni barkamol, bilimli va yurt ravnaqiga hissa qo‘shadigan fidoyi shaxslar etib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Denov tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan umumta’lim maktablarida Giyohvandlik va narkojinoyatlarning barvaqt oldini olish, yoshlar ongida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida huquqiy targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
Mazkur tadbirlar davomida o‘quvchilarga giyohvandlik vositalarining inson salomatligiga, jamiyat va kelajak hayotga salbiy ta’siri, shuningdek, narkojinoyatlar uchun belgilangan javobgarlik choralari haqida batafsil tushunchalar berildi.
Shuningdek, yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, firibgarlik, kiberxavfsizlik hamda boshqa turdagi jinoyatchiliklarning oldini olish bo‘yicha ham tushuntirish ishlari olib borildi.
Tadbir yakunida huquqiy tushunchalarni mustahkamlash maqsadida targ‘ibot materiallari va flayerlar tarqatildi.
Shorchi tuman adliya bo'limi tashabbusi bilan tumandagi maktab yoshlari va uyushmagan yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.
???? Uchrashuv davomida Davlatimiz tomonidan yoshlarga berilayotgan imtiyozlar, ayniqsa, ta’lim va tadbirkorlik yo‘nalishidagi yengilliklar, imtiyozli kredit, grantlar haqida, yoshlar jinoyatchilik va huquqbuzarliklardan yiroq bo‘lishlari bo‘yicha samimiy suhbatlashildi.
???? Shuningdek, adliya bo'limi mas'ul xodimlari tomonidan tizim faoliyati bo‘yicha ma'lumotlar berildi va yoshalarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.
Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Isoqov tomonidan Termiz davlat universitetining Axborot texnologiyalari fakultetida talaba-yoshlar bilan samimiy va ochiq muloqot tashkil etildi.
Mazkur uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etdilar, fikr va takliflarini bildirdilar. Shuningdek, tadbir davomida o‘zaro tajriba almashish, huquqiy madaniyatni oshirish va yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bunday muloqotlar yoshlarning huquqiy ongi va faolligini oshirishga xizmat qilib, ularning kelgusi faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi.