Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

20
Termiz shahridagi harbiy qismda ma'naviy-ma'rifiy va huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining 2026-yil birinchi yarim yillik yakunlariga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi bayonnomasi hamda Mustaqillik bayrami munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh g‘oyasi asosida tasdiqlangan Reja-grafik ijrosini ta'minlash maqsadida Termiz shahrida joylashgan Janubiy-g‘arbiy maxsus harbiy okrug harbiy qismida ma'naviy-ma'rifiy va huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbir Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi tomonidan belgilangan vazifalar hamda hamkor tashkilotlar ishtirokida amalga oshirilayotgan ma'naviy-ma'rifiy va targ‘ibot-tashviqot ishlari izchilligini ta'minlashga qaratildi.

Uchrashuv davomida harbiy xizmatchilarga Konstitutsiyada belgilangan huquq va erkinliklar, qonunchilikdagi so‘nggi yangiliklar, harbiy xizmatchilar hamda ularning oila a'zolari uchun yaratilgan huquqiy kafolatlar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, tasdiqlangan Reja-grafik asosida Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan yil davomida ma'naviy-ma'rifiy va targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini tizimli tashkil etish, ularning qamrovi va samaradorligini yanada oshirish yuzasidan ma'lumotlar berildi.

Ochiq muloqot shaklida o‘tgan tadbir davomida harbiy xizmatchilarni qiziqtirgan huquqiy masalalar muhokama qilinib, ularning murojaatlariga amaldagi qonunchilik asosida batafsil huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berildi.

 Mazkur tadbir harbiy xizmatchilar o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh g‘oyasini keng targ‘ib etish borasidagi hamkorlikdagi ishlarning amaliy davomidir.

17
Termiz shahrida xorijiy fuqarolar uchun huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi

Termiz shahar adliya bo‘limi tomonidan xorijiy fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish hamda mamlakatimizda qonuniy mehnat faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha xabardorligini kuchaytirish maqsadida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga:
????migratsiya va mehnat qonunchiligi talablari;
???? O‘zbekiston Respublikasida qonuniy mehnat faoliyatini amalga oshirish tartibi;
???? xorijiy fuqarolarning huquq va majburiyatlari;
???? Davlat xizmatlari markazlari hamda elektron davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari yuzasidan amaldagi qonunchilik asosida batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, ishtirokchilarga huquqiy axborot materiallari tarqatilib, ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, qonunlarga hurmat ruhini mustahkamlash hamda kundalik hayotda zarur bo‘ladigan huquqiy bilimlarni oshirishga qaratilgan tavsiyalar berildi.

Tadbir yakunida xorijiy fuqarolarni qiziqtirgan savollarga adliya organlari mutaxassislari tomonidan amaldagi qonunchilik normalari asosida batafsil javob va huquqiy maslahatlar taqdim etildi.

 Bunday huquqiy targ‘ibot tadbirlari xorijiy fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning O‘zbekiston Respublikasidagi huquqiy muhitga moslashuvini qo‘llab-quvvatlash hamda qonunlarga rioya etish madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.

16
Bo‘lajak tadbirkorlar uchun amaliy biznes uchrashuvi tashkil etildi

Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi tashabbusi bilan "Yoshlar kuni" doirasida Termiz shahridagi "IMKON TERMIZ" MCHJda tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi yoshlar uchun amaliy biznes uchrashuvi tashkil etildi.

Tadbirda viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuv davomida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yaratilgan imkoniyatlar, davlat imtiyozlari hamda biznesni qonuniy tashkil etish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, ishtirokchilar korxonaning ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishib, muvaffaqiyatli tadbirkorlar tajribasi, biznesni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar oldilar.

Yoshlarga imtiyozli kreditlar, soliq yengilliklari, davlat xaridlari, elektron savdo platformalari, grant va subsidiyalardan foydalanish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Tadbir yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning amaliy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda biznes yuritish madaniyatini rivojlantirishga xizmat qildi.

15
Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish — taraqqiyot va qonuniylik garovi!

2026-yil 15-iyul kuni Termiz shahar adliya bo‘limi tomonidan hududdagi tadbirkorlik subyektlari hamda fuqarolar ishtirokida "Yashirin iqtisodiyotning salbiy oqibatlari va unga qarshi kurashish" mavzusida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida yashirin iqtisodiyotning davlat va jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, tadbirkorlik faoliyatini qonuniy asosda yuritishning afzalliklari, xodimlarni mehnat shartnomasi asosida rasmiy ishga qabul qilish, soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash, hisob-kitoblarni qonunchilik talablariga muvofiq amalga oshirish hamda fiskal chek berishning ahamiyati yuzasidan batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, ishtirokchilarning sohaga oid savollariga amaldagi qonunchilik asosida javoblar berilib, ularga amaliy huquqiy tavsiyalar taqdim etildi.

Qonuniy faoliyat — barqaror biznes va farovon jamiyat poydevori.

14
Qumqo‘rg‘on tumanida yoshlar bilan huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi tomonidan yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish, ularga yaratilayotgan imkoniyatlar va davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini keng targ‘ib etish maqsadida huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida yoshlarga ta’lim, bandlik, tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda mavjud imtiyoz va imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularning bandligini ta’minlash, tashabbus va biznes g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan amaliy tavsiyalar berilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarildi.

Targ‘ibot jarayonida “Probatsiya to‘g‘risida”gi Qonun hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlashga qaratilgan PQ–1-son qarori mazmun-mohiyati yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Yoshlar qonunchilikdagi so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirilib, ularga yuksak maqsad sari intilish, qat’iyat, iroda va sabr orqali muvaffaqiyatga erishish mumkinligi alohida ta’kidlandi.

Mazkur tadbir yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularni jamiyat hayotida faol fuqarolik pozitsiyasiga ega shaxslar sifatida shakllantirishga xizmat qildi.


10
Qonun mazmun-mohiyati yuzasidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Jarqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi bilan hamkorlikda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglarining va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning qonunga xilof muomalasi uchun javobgarlikni takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyatini aholiga yetkazishga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga mazkur qonun bilan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari hamda kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning qonunga xilof muomalasi uchun javobgarlik choralari yanada takomillashtirilgani, shuningdek, qonun normalarini amaliyotda to‘g‘ri qo‘llash va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan yangiliklar haqida tushuntirish berildi.

09
TARIXIY MEROS VA MILLIY QADRIYATLAR — YOSHLAR NIGOHIDA

Yoshlar kuni doirasida Surxondaryoda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi

Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari S. Tursunov boshchiligida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi doirasida yoshlarda Vatanga sadoqat, tarixiy merosga hurmat hamda milliy qadriyatlarga ehtirom tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar viloyatning tarixiy, madaniy va tabiiy diqqatga sazovor maskanlari bo‘ylab ma’rifiy sayohatda ishtirok etib, yurtimizning boy tarixiy-madaniy merosi va uning bugungi taraqqiyotdagi o‘rni bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, yoshlar milliy va mahalliy hunarmandchilik an’analari, xalq amaliy san’ati hamda etnografik meros namunalari bilan tanishtirilib, ajdodlar merosini asrab-avaylash va kelgusi avlodlarga yetkazishning ahamiyati keng targ‘ib qilindi.

Mazkur tadbirlar yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, tarixiy xotira va milliy qadriyatlarga hurmatni mustahkamlash hamda Vatan ravnaqiga daxldorlik tuyg‘usini yuksaltirishga xizmat qiladi.


09
Сурхондарё вилоят адлия бошқармаси ва унинг қуйи тизимида коррупцияга қарши курашиш соҳасида жамоатчилик фикрини ўрганиш мақсадида ўтказилган сўровнома натижалари юзасидан МАЪЛУМОТНОМА

Жорий йилнинг 5 январь куни Сурхондарё вилоят адлия бошқармаси
ва унинг қуйи тизимида коррупсиявий ҳолатларнинг олдини олиш мақсадида
вилоятдаги ташкилотлар ичида аноним сўровнома ўтказилди.
Сўровномада 100 нафардан ортиқ ходимлар иштирок этди.

09
Сурхондарё вилоят адлия бошқармаси ва унинг қуйи тизимида коррупцияга қарши курашиш соҳасида жамоатчилик фикрини ўрганиш мақсадида ўтказилган сўровнома натижалари юзасидан МАЪЛУМОТНОМА

Сурхондарё вилоят адлия бошқармаси ва унинг қуйи тизимида коррупцияга қарши курашиш соҳасида жамоатчилик фикрини ўрганиш мақсадида ўтказилган сўровнома натижалари юзасидан МАЪЛУМОТНОМА Жорий йилнинг 5 январь куни Сурхондарё вилоят адлия бошқармаси ва унинг қуйи тизимида коррупциявий ҳолатларнинг олдини олиш ҳамда коррупцияга қарши курашиш самарадорлигини ошириш мақсадида аноним сўровнома ўтказилди. Сўровномада жами 124 нафар ходим иштирок этди.

08
Bandixon tumanida “Huquqiy targ‘ibot kuni” doirasida sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabulda Bandixon tuman adliya bo'limi tomonidan fuqarolar hamda tadbirkorlik subyektlarining murojaatlari qabul qilinib, ularning muammo va takliflari atroflicha o‘rganildi.


Tadbir davomida ishtirok etgan 9 nafar fuqaroga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi, 4 nafar fuqaroning murojaati joyida huquqiy tushuntirish berildi. O‘rganish va qo‘shimcha tekshiruv talab etadigan 2 ta murojaat ish yurituviga qabul qilinib, alohida nazoratga olindi

Tadbirda fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Prezidentimizning PQ–1-son qarori hamda PQ–133-son qarorlarining mazmun-mohiyati, oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga oid hukumat qarorlari, o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga doir qonunchilik hamda “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bo‘yicha yaratilgan imkoniyatlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi.