Yangiliklar
O'zbekistonda JShShIR barcha davlat, bank, soliq, ijtimoiy va boshqa turdagi xizmatlarni ko‘rsatishda fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi yagona identifikator hisoblanadi. (Batafsil...)
Viloyat adliya boshqarmasi tomonidan "ANGLESEY FOOD" mas’uliyati cheklangan jamiyati murojaatiga asosan "KORZINKA.UZ" xizmat ko'rsatish belgisidan huquq egasining ruxsatisiz foydalanish holati aniqlandi. Termiz shahrida joylashgan xizmat ko'rsatish binosida "KORZINKA.UZ" so'zidan mahalliy tadbirkor tomonidan qonunga xilof ravishda foydalanib kelinayotganligi aniqlandi. (Batafsil...)
O‘tgan asrdan transmilliy tashkiliy jinoyatchilikning “uchta” eng xavfli turi “meros” bo‘lib o‘tdi, ularning birinchisi, xalqaro terrorizm va din niqobi ostidagi zo‘ravonlik ruhi ekstremistik xurujlar, ikkinchisi, narkobiznes yoki narkotrafik bilan shug‘ullanayotgan jinoiy uyushmalar, uchinchisi, odam savdosi bilan shug‘ullanayotgan jinoyatlarning yildan-yilga kuchayotganidir.(Batafsil...)
Ta’lim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan nufuzli xalqaro olimpiadalar g‘oliblari lavozim maoshiga har oy 150 foiz, asosiy olimpiadalar respublika bosqichi g‘oliblari lavozim maoshiga har oy 100 foiz miqdorida ustama haqi to‘lanadi (https://lex.uz/ru/docs/5621189).(Batafsil...)
Nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarni ishga olganlarga subsidiya beriladi. (Batafsil...)
“E-huquqshunos” – yuridik xizmat ko‘rsatish elektron tizimi keng joriy etiladi (Batafsil...)
Tayyorgarlik bosqichi aniq va sifatli yakuniga yetkazilgach, 2023 yilning noyabr oyida aholini ro‘yxatga olish ishlari boshlanadi. Qaror bilan belgilangan Shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish tartibiga ko‘ra, ro‘yxatga olish ishlari ikki xil usulda —qog‘oz shakli hamda internet tarmog‘i orqali amalga oshiriladi.(Batafsil...)
Konstitutsiyaviy islohotlar – inson manfaatlariga xizmat qiladi mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.(Batafsil...)
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi umumxalq muhokamasiga qo‘yilib, 41-moddasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Mazkur loyihaning matniga ko‘ra, har kim bilim olish huquqiga egaligi, davlat maktabgacha ta’lim va tarbiyani rivojlantirishga ko‘maklashashi va davlat har bir bolaning umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirish uchun majburiy bir yillik tayyorgarlikdan o‘tish huquqini kafolatlashi belgilanmoqda.(Batafsil...)