Yangiliklar
Joriy yil 25-mart kuni “Yangi asr” radiosining “Huquq olamida” eshittirishida Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi yetakchi maslahatchisi O.Qurbonov tomonidan qonunchilikdagi yangiliklar hamda yer munosabatlari, ularni ijaraga yoki mulk huquqi sifatida jismoniy va yuridik shaxslarga berish sohasidagi islohotlar keng jamoatchilikka tushuntirildi.
Yer nafaqat inson uchun, balki butun jonli mavjudot uchun oziq-ovqat yetishtirish, yashash tarzini belgilab beruvchi birinchi manba hisoblanadi. Azal-azaldan odamlar unumdor yerlarni egallashga, o‘zlashtirishga harakat qilishgan. Sobiq ittifoq davrida odamlarning yerga mulk sifatida egalik qilish huquqi mavjud bo‘lmasdan, barcha yerlar davlat mulki hisoblanardi.
Oxirgi yillarda davlatimizda yerga munosabatni o‘zgartirish, xususiy mulk sifatida foydalanishni rivojlantirish maqsadida xususiylashtirish bo‘yicha qonun normalarini qabul qilish uchun choralar ko‘rildi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021 yil 8 iyundagi PF-6243-son Farmonining 2-bandida, 2021 yil 1 avgustdan boshlab, yer uchastkalari xususiy sektorga — mulk va ijara huquqi asosida ajratilishi belgilandi(Batafsil...)
Joriy yilning 18-mart kuni Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasida Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi mas’ul xodimlari Q.Xujjatov va B.Qodirovlar ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasining modernizatsiya qilingan versiyasidan foydalanish, uning qo‘shimcha afzalliklari, qulaylik hamda imkoniyatlari” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirni adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari M.Hatamov moderatorlik qildi. Tadbir davomida Lex.uz saytining bir qator afzalliklariga alohida to‘xtalib o‘tildi hamda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.
Joriy yilning 18-mart kuni Surxondaryo viloyat teleradiokompaniyasida tashkil etilgan "Dialog" ko`rsatuvida viloyat adliya boshqarmasining tashkiliy nazorat va tahlil ishlari bo`limi etakchi maslahatchisi Q.Ulug`ov ishtirokida adliya organlariga yuborilgan eng ko`p murojaatlar hamda mazkur sohalar bo`yicha muhokama tashkil etilib, qonunchiligimizda belgilangan talablar haqida tushunchalar berildi.
Joriy yilning 15-mart kuni Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig’ining birinchi o'rinbosari M.Hatamov boshchiligida Sho‘rchi tumanidagi Obodon mahallasida sayyor qabul bo’lib o‘tdi.(Batafsil...)
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi va Advokatlar palatasi Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda joriy yilning 12-mart kuni hududda faoliyat yuritayotgan advokatlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Notarial palatasi Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-son “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qarori ijrosi yuzasidan ZOOM platformasi orqali o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudining 2021 yil 4 avgustdagi hukmiga ko‘ra, O‘rinov Axmad Tolibovich (ism, sharifi o‘zgartirilgan) O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “v,g” bandlari bilan aybli deb topilib, ish haqining yigirma foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 2 (ikki) yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.(Batafsil)
Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudi, shahar prokuraturasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Termiz shahar bo‘limi hamkorligida sayyor sud tashkil etildi.
Sayyor sud majlisida voyaga yetmagan farzandlari uchun alimentni to‘lashdan bo‘yin tovlagan besh nafar shaxslarga nisbatan javobgarlik masalasi ko‘rib chiqildi.(Batafsil)
Joriy yil 17-fevral kuni Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi, tuman (shahar) adliya bo'limlari hamda yuridik xizmat ko'rsatish markazlarining 2021-yil yakuni bo'yicha hay'at majlisi bo'lib o'tdi. Unda boshqarma hamda tarkibiy tuzulmalar tomonidan erishilgan yutuqlar bilan birgalikda yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklar haqida ham to'xtalindi. Shu bilan birga kelgusidagi rejalar belgilab olindi.