Yangiliklar
2012 йилнинг 6-7-8-декабрь кунлари Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганлигининг 20 йиллигига бағишлаб, Сурхондарё вилоят ҳуқуқни муҳофаза қилувчи идоралари ўртасида Спартакиада мусобоқалари ўтказилди.
10 декабрь – Ўзбекистон Республикасининг Давлат мадҳияси қабул қилинган кун.
Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлигининг кенгайтирилган Ҳайъат мажлиси бўлиб ўтди. Мажлисни адлия вазири Н.Йўлдошев бошқарди.
Uzun tuman adliya bo‘limi tomonidan tumandagi "Obizarang" mahallasida yoshlar o‘rtasida “Zukko kitobxon” tanlovi o‘tkazildi.
Shuningdek, tadbir davomida o‘quvchi yoshlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.01.2025-yildagi PQ-1-son “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror haqida hamda bezorilik, firibgarlik, o‘g‘irlik va boshqa jinoyatlar va ularning oqibatlari bo‘yicha huquqiy tushunchalar berildi.
Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchilari va talabalaridan iborat targ‘ibot guruhi Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasida bo‘lishdi.
Tashrif davomida:
???? Adliya organlari faoliyati, ularning jamiyatdagi o‘rni va dolzarb vazifalari yuzasidan nazariy hamda amaliy ma’lumotlar berildi.
????Bunday uchrashuvlar yoshlarimizda huquqiy madaniyatni yanada yuksaltiradi, ularni kelajakda malakali yuridik kadrlar bo‘lib shakllanishi uchun muhim zamin yaratadi.
???????? Konstitutsiya — har birimizning huquq va erkinliklarimiz kafolati!
Jarqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi FHDY bo‘limi tomonidan nikoh sharnomasining ahamiyati haqida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Jarqo‘rg‘on tuman FHDY bo‘limi tomonidan nikohdan o‘tish uchun kelgan yoshlar o‘rtasida nikoh shartnomasining mazmun-mohiyati va uning afzalliklari yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
????Tadbir davomida bo‘lim xodimlari yosh oilalarga nikoh shartnomasi — bu er-xotin o‘rtasidagi mol-mulk, majburiyat va huquqlarni oldindan belgilab beruvchi huquqiy hujjat ekanligi, u kelgusida oilaviy nizolarning oldini olishga xizmat qilishi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga Oila kodeksining tegishli moddalarida nikoh shartnomasining huquqiy asoslari, uni tuzish tartibi va ahamiyati haqida tushunchalar berildi.
Mazkur targ‘ibot tadbiri yoshlar ongi va madaniyatni oshirish, oilaviy munosabatlarda mas’uliyatni kuchaytirish hamda mustahkamoila qurish g‘oyalarini targ‘ib etishga qaratilgan.
Uzun tuman adliya bo‘limida “Ochiq adliya” dasturi doirasida yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirga 30 dan ortiq yoshlar va jamoatchilik vakillari tashrif buyurdi. Tadbirda tuzilma rahbarlari va xodimlari tashrif buyurgan yoshlarga o‘zlarining faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha batafsil tushunchalar berishdi.
Yoshlar aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko'rsatishga oid jonli jarayonlarni kuzatish barobarida o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.